Kontent qismiga oʻtish

Germaniyaning davlat chegarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Germaniyaning davlat chegarasi toʻqqizta federal okrugdan oʻtadi va 3621 kilometrga choʻziladi. Eng katta chegaradosh mamlakati — Avstriya hisoblanadi.

Nemis Kehl va Fransiya Strasburg oʻrtasidagi Reyn boʻylab Yevropa koʻprigidagi chegara chizigʻi.

Umumiy uzunlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya davlat chegarasining umumiy uzunligi 3621 kilometrni tashkil etadi va Germaniya davlati 9 davlat bilan chegaradosh, Shimoli gʻarbdan Belgiya, Niderlandiya, gʻarbdan Lyuksemburg, Fransiya, janubdan Shveysariya, Avstriya, sharqdan Polsha, Chexiya va shimoldan esa Daniya bilan chegaradosh[1]:

Belgiya — 167 km

Daniya — 68 km

Fransiya — 451 km

Lyuksemburg — 138 km

Niderlandiya — 577 km

Avstriya — 784 km (Germaniya bilan eng uzun chegaraga ega davlat)

Polsha — 456 km

Shveysariya — 334 km

Chexiya — 646 km

Chegara shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xersogenrat/Kerkrade, chapdagi koʻcha — Gernmaniya, oʻngdagi koʻcha — Niderlandiya
Shveysariyaning Kreuzlingen togʻidan nemis Konstanzi

Germaniyaning bir nechta shaharlari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshni davlatlar bilan chegarada joylashgan vva ularning koʻpchiligini geografik obyektlar (suv, kanal, daryo. koʻl, togʻ tizmasi, oʻrmon) va avtomagistral yoʻllar bilan ajratilib turadi, ayrim hududlarini esa hatto bitta koʻcha boshqa davlatdan ajratib turadi:

Gerzogenrat Gollandiyaning Kerkrade shahri bilan bir koʻchada joylashgan.

Gorlitzni Polsha Zgorzelekdan daryo ajratib turadi.

Bayerisch Eyzenshteyn bevosita Chexiya bilan chegaradosh.

Konstanz toʻgʻridan-toʻgʻri Shveysariya Kreuzlingenga ulanib ketgan.

Kehlni fransuz Strasburgidan daryo ajratib turadi.

Flensburg Daniya bilan chegarada joylashgan.

Saarbryukken Fransiya bilan chegaradosh hududda joylashgan.

Passau Avstriya bilan chegarada joylashgan shahar hisoblanadi.

Germaniya eksklavlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina Yevropa mamlakatlari kabi Germaniya Federativ Respublikasida ham esklav hududlari mavjud:

Büsingen am Hochrhein — Shveysariyadagi eksklav hudud hisoblanadi[2]. Ruisxof, Myutsenix , Roetgener Vald va Myunsterbildchen Belgiya hududi bilan oʻralgan, Germaniya ekslav hududi hisoblanadi.

  1. [geografiya.uz „Germaniya“] (2015-yil 7-aprel). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr.
  2. [new.geomedia.uz „Dunyo siyosiy xaritasidagi eksklav va anklav hududlar geografiyasi“]. 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.