Kontent qismiga oʻtish

Girkan oʻrmonlari

Koordinatalari: 37°25′17″N 55°43′27″E / 37.42139°N 55.72417°E / 37.42139; 55.72417
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Girkan oʻrmondan yoʻnaltirildi)
Girkan o'rmoni
Joylashuv Eron Eron
Xarita
Koordinatalari 37°25′17″N 55°43′27″E / 37.42139°N 55.72417°E / 37.42139; 55.72417
Kaspiy dengizi atrofidagi oʻrmonlar chizigʻi xaritada yashil rangda belgilangan

Girkan oʻrmonlari (forscha: جنگل‌های هیرکانیozarbayjoncha: Hirkan meşələri) — Eron va Ozarbayjondagi Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlari boʻylab joylashgan. Turli hisob-kitoblarga koʻra, oʻrmon 18 000 km²dan 55 000 km²[1] gacha boʻlgan maydonni egallaydi. Oʻrmonlarning nomi qadimgi yunoncha ularning oʻsadigan joyi — Girkaniya nomidan kelib chiqqan.

2019-yil 5-iyul kuni Eron hududida joylashgan Girkaniya oʻrmonlari YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[2].

Oʻrmon Kaspiy dengizi boʻyidagi qirgʻoq hududini va Elburz togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarini qamrab oladi. U Eronning sharqdan gʻarbgacha boʻlgan besh viloyatining bir qismini oʻz ichiga olgan. Shimoliy Xuroson, Guliston (toʻliq janubiy va janubi-gʻarbiy viloyatlar hamda Goʻrgan tekisligining sharqiy rayonlarining bir qismi), Mozandaron, Gilon, Ardabil. Guliston milliy bogʻi va Shastkolatex suv havzasi Guliston va Mozandaron viloyatlarida joylashgan. Oʻrmonlarning bir qismi tijorat maqsadlarida foydalaniladi[3].

Ozarbayjonning janubi-sharqida joylashgan Lankaran pasttekisligi va Talish togʻlari oʻrmoin tarkibiga kiradi[4]. Muhofaza qilinadigan hududlar dengiz sathidan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. 2004-yilda oʻrmon hududida Hirkan milliy bogʻi tashkil etilgan boʻlib, u toʻliqligicha Ozarbayjonning Lankaran va Astara viloyatlarida joylashgan. Dastlab, Girkan milliy bogʻi 1936-yilda tashkil etilgan Girkan davlat qoʻriqxonasi hududini egallagan[5]. 2008-yilda uning hududi 2 barobarga kengaytirilgan[6].

Iqlimi nam subtropik, togʻlarda — nam kontinental, yogʻingarchilikning katta qismi kuz, qish va bahorda tushadi. Elburz togʻ tizmasi Yaqin Sharqdagi Kaspiy dengizining namligini ushlab turadigan eng baland togʻ tizmasi hisoblanadi[7].

Eronning Gilon viloyatidagi keng bargli oʻrmon

Oʻrmonning asosiy xususiyati ignabargli daraxtlarning deyarli uchramasligidur[8].


Bugungi kunga qadar oʻrmonda 180 turdagi qushlar, shuningdek, sutemizuvchilarning 58 turi qayd etilgan[9]. Yirik sutemizuvchilardan: Kavkaz leopardi (Panthera pardus ciscaucasica), silovsin (Silovsis), qoʻngʻir ayiq (Ursus arctos), yovvoyi choʻchqa (Sus scrofa), boʻri (Canis lupus), chiyaboʻri (Canis aureus), toʻqay mushugi (Felis), boʻrsiq (Meles meles)[10][11].

Oʻrmon hududi Rossiya va Afrika oʻrtasida koʻchib yuruvchi qushlar uchun muhim qoʻnib oʻtish maskani boʻlib, koʻplab qush turlari uchun asosiy yashash joyi hisoblanadi. Baʼzi turlar: kulrang gʻoz (Anser anser), oq gʻoz (Anser albifrons), Qirgʻovul (Plegadis falcinellus), oddiy gʻoz (Platalea leucorodia), qizil tomoqli gʻoz (Branta ruficollis), lochin (Falco peregrinus), dalmatian pelikan (Pelecanus crispus), pushti flamingo (Phoenicopter), oq boshli oʻrdak (Oxyura leucocephala)[10].


Ozarbayjonda mavjud muhofaza etiladigan hududlar[12][13] :

  • Qizilagadj qoʻriqxonasi – 88,4 km²
  • Girkan milliy bogʻi – 427,97 km²

Erondagi mavjud qoʻriqlanadigan hududlar :

  • Guliston milliy bogʻi
  • Jahon Nama muhofaza qilinadigan hududi
  • Alborz markaziy qoʻriqxonasi
  • Lizar himoyalangan hududi
  • Siah Keshim muhofaza qilinadigan hududi
  • Dodange qoʻriqxonasi
  • Myankaleh yovvoyi tabiat qoʻriqxonasi
  • Selke qoʻriqxonasi
  • Dashtenaz qoʻriqxonasi
  1. „Caspian Hyrcanian mixed forests“ (inglizcha). 20-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  2. „Iran's Hyrcanian Forests Added to UNESCO World Heritage List“. Financial Tribune (5-iyul 2019-yil). 14-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  3. „Northern Iran | Ecoregions | WWF“ (inglizcha). World Wildlife Fund. 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
  4. „«Кавказ» | Lenkoranskaya nizmennost i Talishskie gori“. kmvline.ru. 12-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  5. „Гирканский государственный заповедник“. Заповедники и национальные парки мира. 18-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  6. „Ministry of Ecology and Natural Resources of Azerbaijan Republic“. web.archive.org (26-iyul 2011-yil). 26-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  7. „Temperature and precipitation in the Caspian Sea Region | GRID-Arendal“. www.grida.no. 26-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  8. SURFIRAN. „Iran’s Hyrcanian Forests Inscribed on UNESCO’s World Heritage List“. SURFIRAN (6-iyul 2019-yil). 17-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-mart 2021-yil.
  9. „Новые объекты включены в Список Всемирного наследия ЮНЕСКО“ (ruscha). UNESCO. 10-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2021-yil.
  10. 10,0 10,1 „Central Asia: Northern Iran into southern Azerbaijan | Ecoregions | WWF“ (inglizcha). World Wildlife Fund. 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  11. V. G. (Vladimir Georgievich) Geptner, A. A. Nasimovich, Andrei Grigorevich Bannikov, Robert S. Hoffmann. Mammals of the Soviet Union. Washington, D.C. : Smithsonian Institution Libraries and National Science Foundation, 1988. 
  12. „Azərbaycan Respublikası Ekologiya və Təbii Sərvətlər Nazirliyi“. web.archive.org (30-noyabr 2011-yil). 30-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  13. „Ministry of Ecology and Natural Resources of Azerbaijan Republic“. web.archive.org (27-oktabr 2011-yil). 27-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.