Giyohvand moddalar siyosati
Giyohvand moddalar siyosati — bu xavfli va giyohvandlikka olib keladigan giyohvand moddalarni nazorat qilish va tartibga solish boʻyicha hukumat siyosati. Hukumatlar giyohvand moddalarga qaramlik bilan kurashishga harakat qilib, giyohvand moddalarga boʻlgan talab va taklifni nazorat qilib boradi. Shuningdek, giyohvandlik oqibatlarini yumshatishga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirib kelishadi. Giyohvand moddalarga boʻlgan talabni kamaytirish uchun hukumatlar jarimalar, giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun qamoq jazolarini va giyohvandlarni majburiy davolash kabi turli xil usullardan foydalanishadi. Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlar aholini giyohvand moddalarning zarari haqida xabardor qilish uchun maxsus kampaniyalar yaratgan[1]. Hukumat taʼminotini qisqartirish uchun ular giyohvand moddalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan oʻsimliklar ekishni nazorat qiladi, shuningdek, narkotik kurerlarini ushlab turishga harakat qilmoqda.
Nazorat qilinadigan giyohvand moddalar roʻyxati maʼlum bir mamlakat siyosatiga qarab oʻzgaradi. Masalan, geroin deyarli hamma joyda nazorat qilinadi. Shu bilan birga, khat va kodein kabi moddalar har doim ham davlat nazorati ostida emas va bunday giyohvandlik moddalaridan koʻplab davlat fuqorolari foydalanib kelmoqda[2].
Aksariyat hukumatlar xavfli hisoblanmaydigan, ammo giyohvandlikka olib kelishi mumkin boʻlgan retsept boʻyicha dori-darmonlarni ham tartibga solib turadi va davlat miqyosida bunday giyohvandlik turlariga nisbatan choralar va cheklovlar mavjud emas.
Xalqaro shartnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Giyohvand moddalarni nazorat qilish boʻyicha birinchi xalqaro shartnoma 1912-yilda imzolangan Xalqaro afyun konventsiyasi hisoblanadi[3]. Global miqyosda u 1919-yilda Versal shartnomasiga kiritilganidan keyin kuchga kirdi. Qayta koʻrib chiqilgan konvensiya 1928-yilda Millatlar Ligasi tomonidan roʻyxatga olingan. U 1961-yilda Giyohvandlik vositalari boʻyicha yagona xalqaro konventsiya bilan almashtirildi. Konvensiya mamlakatlarga giyohvand moddalarni noqonuniy moddalarni yozib berish orqali davolashni taqiqlab, giyohvand moddalarni faqat ilmiy va tibbiyotda qoʻllashga ruxsat berdi. Konvensiyada giyohvand moddalarga oid muayyan qonunlar batafsil bayon qilinmagan, biroq davlatlar oʻz qonunchiligini umumeʼtirof etilgan tamoyillarga muvofiq qabul qilishlari kerakligi nazarda tutilgan[4].
Mamlakatlar boʻyicha siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliyaning giyohvand moddalarga oid qonunlari jinoyat qonunchiligiga kiritilgan va birinchi navbatda shtat va hududiy darajada belgilab kiritilgan.
2016-yil oktyabr oyida Avstraliyada nashadan foydalanishning ayrim turlari boʻyicha qonun qabul qilindi[5].
Boliviya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kolumbiya singari, 1991-yilda Boliviya hukumati ATPAni imzoladi va 1990-yillarda va 2000-yillarning boshlarida kokain plantatsiyalarini majburiy ravishda yoʻq qilishga chaqirdi. 2004-yilgacha hukumat har bir oilaga eng kam oylik ish haqi olish uchun 1600 metr kvadrta kokain ekinlarini yetishtirishga ruxsat berdi[6][7].
2005-yilda Prezident Morales giyohvand moddalarni dekriminallashtirishga qarshi chiqdi. 2009-yilda Boliviya konstitutsiyasi kokain mahsulotlarini qonuniylashtirish va sanoatlashtirishni qoʻllab-quvvatladi[8].
Germaniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan solishtirganda, Germaniyada giyohvandlik siyosati progressiv deb hisoblanadi, ammo shunga qaramay, masalan, Niderlandiyaga qaraganda qatʼiyroq tartib qoidalarga ega davlat hisoblanadi. 1994-yilda Federal Konstitutsiyaviy sudi giyohvandlik va shaxsiy foydalanish uchun oz miqdorda giyohvand moddalarni (marixuana) saqlash jinoyat emas, deb qaror qildi. 2002-yilda Germaniya yetti shaharda geroinga qaram boʻlganlar bilan metadon bilan davolashni baholash uchun tajribaviy tadqiqotni ishlari boshlandi[9]. Tadqiqotning ijobiy natijalari 2009-yilda geroin bilan davolashni majburiy tibbiy sugʻurta xizmatlariga kiritishga olib keldi[10].
Ekvador
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Prezident Rodrigo Borxa Chevallos 108-sonli qonunni imzoladi, unda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish jinoyat deb hisoblanmaydi, lekin giyohvand moddalarni saqlash uchun jazolanadi deb mamlakat qonuni qabul qildi. 2008-yilda Ekvadorning yangi Konstitutsiyasiga muvofiq, har qanday giyohvand moddalarni 2 kg gacha sotib olganlik yoki olib oʻtish uchun jazoni oʻtayotgan mahkumlarga amnissiya eʼlon qilindi va amaldagi tartibda davlatda joriy etila boshlandi.
Keyinchalik, 2009-yilda 108-sonli qonun Jinoyat kodeksiga almashtirildi. 2013-yilda Ekvador hukumati ATPDEA kelishuvidan chiqdi[11].
Kolumbiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yildan giyohvand moddalarni isteʼmol qilish dekriminallashtirildi. Biroq, giyohvand moddalarni saqlash va savdosi hamon noqonuniy hisoblanadi. 2014-yilda Kolumbiya koka ekinlarini havoda fumigatsiya qilishni taqiqlab, koka yetishtirish boʻyicha oʻz pozitsiyasini yanada kuchaytirdi[12]. Prezident Xuan Manuel Santos Lotin Amerikasi narkotik siyosati va qonuniylashtirish boʻyicha muzokaralarni qayta koʻrib chiqishga barchani chaqirdi[13].
Liberiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liberiya kokain va marixuana kabi giyohvand moddalar taqiqilangan davlatlardan sanaladi. Giyohvand moddalarga oid qonunlar mahalliy Narkotiklarga qarshi kurash agentligi tomonidan tartibga solinib turiladi[14].
Peru
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peru Konstitutsiyasining 8-moddasiga koʻra, davlat giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash uchun javobgardir. Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish jazolanmaydi va faqat kichik miqdorda saqlashga ruxsat beriladi. Giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatish Peru mamlakati miqyosida noqonuniy deb hisoblanadi.
2012-yilda Peru ATPDEA shartnomasidan chiqdi va AQSh tomonidan ilgari berilgan barcha imtiyozlardan mahrum boʻldi. 2012-yil oxiriga kelib, Kolumbiyani ortda qoldirib, Peru dunyodagi eng yirik kokain ishlab chiqaruvchi mamlkatga aylanib oldi[15].
Portugaliya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil iyul oyida Portugaliyada yangi qonun kuchga kirdi, unga koʻra giyohvand moddalarni 10 kundan ortiq boʻlmagan saqlash jinoiy emas, balki maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi[16]. Biroq, bu oʻzgarishlar Portugaliyada giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni qonuniylashtirmadi. Giyohvand moddalarni saqlash hali ham mamlakatda taqiqlangan. Giyohvand moddalar savdosi esa jinoiy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi[17] va Portugaliya mamlakatida taqib qilinadi.
Rossiya Federatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida“ 1998-yil 8-yanvardagi N 3-FZ Federal qonuni asosida.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari muomalasi, shuningdek ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari muomalasi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatishga, ularni barvaqt aniqlashga qaratilgan. giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda isteʼmol qilish, giyohvandlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar boqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha chora tadbirlar koʻrib chiqildi.
AQSH
[tahrir | manbasini tahrirlash]AQShning giyohvandlikga qarshi kurashish siyosati 1971-yilda Prezident Richard Nikson tomonidan boshlangan. AQShda giyohvandlikga qarshi kurashish Narkotiklarga qarshi urushdan kelib chiqgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari tashqi siyosatga ham faol sarmoya kiritmoqda, kokain va afyun oʻsishini yoʻq qilish uchun Janubiy Amerika, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarda harbiy va harbiylashtirilgan harakatlarni qoʻllab-quvvatlamoqda.
2012-yil 21-mayda AQSh hukumati giyohvandlik siyosatining yangilangan versiyasini ishlab chiqdi. Ushbu strategiya giyohvand moddalarni qonuniylashtirishni giyohvand moddalarni nazorat qilishning yechimi sifatida koʻrmadi. Bundan tashqari, Amerika Qoʻshma Shtatlar giyohvandlikni davolash usullarini ishlab chiqish va tarqatish uchun sarmoylar ajratdi[18].
Tailand
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tailandda giyohvand moddalarga qarshi qatʼiy siyosat mavjud. Giyohvand moddalarni nazorat qilish 1979-yildagi „Giyohvand moddalarni nazorat qilish toʻgʻrisida“ gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Giyohvand moddalarni ishlatish, saqlash, tashish va tarqatish noqonuniy hisoblanadi. Giyohvand moddalarni tarqatish yoki saqlash uchun eng yuqori jazo oʻlim jazosi hisoblanadi. Tailand qonunlariga koʻra, dorilar 5 toifaga boʻlinadi[19].
Ukraina
[tahrir | manbasini tahrirlash]Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalasi va sogʻliqqa qarshi jinoyatlar sohasidagi jinoyatlar Ukraina Jinoyat kodeksining 13-qismiga binoan tasniflanadi; 305-327-moddalar[20].
Ukraina Jinoyat kodeksining 309-moddasi: „Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish qatiyan man etiladi“.
Belgilangan jazo[21]:
- fuqarolarning soliq solinmaydigan eng kam daromadining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- yoki olti oygacha qamoqqa olish yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash;
- yoki xuddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish.
2013-yil 28-avgustda Ukraina Vazirlar Mahkamasi 2020-yilgacha boʻlgan davlat dori siyosati strategiyasini qabul qildi. Bu Ukrainada bunday turdagi birinchi hujjatdir. Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat xizmati tomonidan ishlab chiqilgan strategiya koʻp miqdorda giyohvand moddalarni tarqatish uchun jinoiy javobgarlikni oshirish, kichik dozalarda saqlaganlik uchun jazoni kamaytirishdan iborat edi[22].
Shvetsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shvetsiyaning rasmiy maqsadi giyohvand moddalardan xoli jamiyatdir qurishdir. 1988-yilda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish jinoyatga aylandi. Giyohvand moddalardan foydalanish qamoq bilan jazolanmaydi[23]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi maʼlum qilishicha, Shvetsiya Gʻarb dunyosida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish boʻyicha eng past koʻrsatkichlardan biriga ega hisoblanadi. Giyohvandlik siyosati mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi va ijtimoiy soʻrovlarga koʻra, taqiqlash yondashuvi keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi[24].
Shveysariya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy giyohvandlik siyosati 1990-yillarning boshida ishlab chiqilgan va toʻrtta elementni oʻz ichiga oladi: oldini olish, davolash, zararni kamaytirish va taqiqlash kabilardir[25].1994-yilda Shveysariya giyohvandlar uchun geroin davolashni sinab koʻrgan birinchi mamlakatlardan biri edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tännsjö, T.. Coercive Care, 1999.
- ↑ Banned Drugs in Dubai and Abu Dhabi
- ↑ „The 1912 Hague International Opium Convention“. 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „The History and Development of the Leading International Drug Control Conventions“. 2018-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Medicinal marijuana to become legal to grow in Australia — but how will it work? - ABC News (Australian Broadcasting Corporation)“. 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ https://www.jstor.org/stable/25700540?seq=1#page_scan_tab_contents
- ↑ „Bolivia sees coca as a way to perk up its economy – but all everyone else sees is cocaine | World news | The Guardian“. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Bolivia to withdraw from drugs convention over coca classification | World news | The Guardian“. 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „German Court Allows Possession of Small Amounts of Marijuana - The New York Times“. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Substitution treatment for opioid addicts in Germany“. 2020-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Ecuador's Pardon Laws | NACLA“. 2017-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Colombia says rise in coca cultivation shows why it was right to stop spraying | World news | The Guardian“. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Colombian president: persisting with prohibitionist drug policies is 'insane' | World news | The Guardian“. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ https://allafrica.com/stories/201110040693.html
- ↑ „Peru overtakes Colombia as world's top coca leaf grower - BBC News“. 2019-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Drug policy profiles — Portugal | www.emcdda.europa.eu“. 2019-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ https://web.archive.org/web/20150426030351/http://www.beckleyfoundation.org/bib/doc/bf/2007_Caitlin_211672_1.pdf
- ↑ „National Institute on Drug Abuse (NIDA) | National Institutes of Health (NIH)“. 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Laws in Thailand | Guide for Tourists to Thailand laws“. 2018-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Преступления против здоровья населения : Уголовный кодекс Украины : Уголовный кодекс : Кодексы Украины : meget.kiev.ua - недвижимость Киева“. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Ответственность за употребление наркотиков - Альфа-Омега“. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „В Украине впервые разработана государственная стратегия в отношении наркотиков“. 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Påföljd vid ringa narkotikabrott - Straffrätt - Lawline“. 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ „Архивированная копия“. 2020-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
- ↑ Federal Office of Public Health — Drug policy