Gladwyn Jebb
Hubert Miles Gladwyn Jebb, 1-chi Gladwyn baroni | ||||
---|---|---|---|---|
BMT bosh kotibi v. b. | ||||
Mansab davri 1945-yil 24-oktyabrdan – 1946-yil 2-fevralgacha | ||||
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan | |||
Vorisi | Trygve Lie | |||
Shaxsiy maʼlumotlari | ||||
Tavalludi |
25-aprel 1900-yil Yorkshir, Birlashgan Qirollik | |||
Vafoti |
24-oktyabr 1996-yil (96 yoshda) Saffolk, Birlashgan Qirollik | |||
Mukofotlari |
|
Gladwyn Jebb (inglizcha: Hubert Miles Gladwyn Jebb; talaffuzi: Gleduin Jeb, 25-aprel 1900 – 24-oktyabr 1996) – Birlashgan Qirollik davlat arbobi. BMT bosh kotibi vazifasini bajaruvchi (1945-1946).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sandroyd maktabi va Eton kollejida oʻqigan. Tarix boʻyicha Oksford birinchi darajali imtiyozli diplomga ega[1]. 1924-yilda Britaniya Diplomatik xizmatiga kirdi va Tehronda xizmat qildi. Garold Nikolson va Vita Sakvill-Vest bilan tanishdi. Keyinchalik Rimdagi elchixonada va Britaniya Tashqi ishlar vazirligida ishlagan, Diplomatik xizmat rahbarining shaxsiy kotibi boʻlgan[2].
1929-yilda Jebb Sinti Noblga uylandi. U qurol ishlab chiqaruvchi ser Andrew Noblening nabirasi edi. Er-xotinning uchta farzandi bor[3].
1939-1945-yillardagi urush davrida Jebb Tashqi ishlar vazirligini tark etib, 1940-yildan 1942-yilgacha boʻlgan maxsus operatsiyalar boʻlimining markaziy ijrochi direktori lavozimida ishlagan. Tashqi ishlar vazirligiga qaytib kelganida, Jebb Madagaskarga lavozimga tayinlanishini soʻradi, ammo bu ariza rad etildi. Gʻaznachilikka iqtisodiy taʼlim olish uchun yuborildi[4].
Ikkinchi jahon urushidan keyin Jebb 1945-yil avgustida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tayyorlov komissiyasining Ijrochi kotibi boʻlib ishlagan. 1945-yilning oktyabridan 1946-yilning fevraligacha Bosh kotib vazifasini bajaruvchi boʻlgan[5].
Jebb BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzo davlatidan kelgan yagona BMT Bosh kotibi boʻlib qolmoqda[6].
Londonga qaytib kelgan Jebb Tashqi ishlar vazirligining Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻyicha maslahatchisi (1946–1947) lavozimida ishlagan. Bryussel Shartnomasi Doimiy Komissiyasida Buyuk Britaniya nomidan elchi darajasida vakillik qilgan[7].
Jebb 1996-yil 24-oktyabrda 96 yoshida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topganining 51 yilligida vafot etdi. Suffolkdagi Bramfild qabristonida dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sean Greenwood, Titan at the Foreign Office: Gladwyn Jebb and the shaping of the modern world (Leiden: Martinus Nijhoff Publishers, 2008), pp. 5–18
- ↑ Sean Greenwood, Titan at the Foreign Office: Gladwyn Jebb and the shaping of the modern world (Leiden: Martinus Nijhoff Publishers, 2008), pp. 5–18
- ↑ Sean Greenwood, Titan at the Foreign Office: Gladwyn Jebb and the shaping of the modern world (Leiden: Martinus Nijhoff Publishers, 2008), pp. 5–18
- ↑ Harrison, E.D.R. (April 1999). „British Subversion in French East Africa, 1941-42: SOE's Todd Missions“. The English Historical Review (Vol. 114, Issue 456). Oxford University Press. Qaraldi: October 15, 2023.
- ↑ „Hubert Miles Gladwyn Jebb Gladwyn | British diplomat“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
- ↑ „Hubert Miles Gladwyn Jebb Gladwyn | British diplomat“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
- ↑ „Hubert Miles Gladwyn Jebb Gladwyn | British diplomat“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.