Kontent qismiga oʻtish

Glyptosternon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Glyptosternon
Glyptosternon reticulatum
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Shu'laqanotli baliqlar
Turkum: Laqqasimonlar
Oila: Tog' laqqachalari
Urugʻ: Glyptosternon
McClelland, 1842
Tip tur
Glyptosternon reticulatum
McClelland, 1842
Sinonimlari

Glyptosternon — togʻ laqqachalari (Sisoridae) oilasining urugʻi. Vakillari Osiyo qitʼasida uchraydi.

Ayni vaqtda ushbu urugʻning toʻrtta turi mavjud:[1][2][3]

Glyptosternon urugʻining vakillari Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston hududidagi Hind daryosi havzasida, shu bilan birga Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonda Sirdaryo va Amudaryo havzalarida hamda gʻarbiy Xitoyda Brahmaputra havzalarida tarqalgan.[4] Glyptosternon akhtari Afgʻonistonning Bomiyon vodiysida Bomiyon daryosidan kashf etilgan boʻlib, uning boshqa suv havzalarida uchrashi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. Glyptosternon maculatum Xitoy endemik turi boʻlib, asosan Tibet platosidagi baland togʻ daryolarida uchraydi. Turkiston laqqachasi nomi bilan mashhur boʻlgan G. reticulatum Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va Xitoy hududlaridan oqib oʻtuvchi Hind daryosi havzasida uchraydi. Oshanin laqqachasi Sirdaryo havzasi endemigi boʻlib, daryoning yuqori oqimida Qoradaryo, Norin va Chirchiq daryolari va ularga quyiluvchi togʻ irmoqlarida uchraydi.

Taksonomik oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilgari Markaziy Osiyo suv havzalaridagi laqqachalar Turkiston laqqasi deb hisoblangan, biroq soʻnggi molekulyar tadqiqotlar Orol havzasida tarqalgan laqqachalarning boshqa tur — Oshanin laqqachasi ekanligi maʼlum boʻldi.[2] Oʻzbekiston baliqlarining molekulyar taksonomiyasiga bagʻishlangan tadqiqotda Amudaryo havzasida uchraydigan laqqachalar Turkiston va Oshanin laqqachasiga mansub emasligini koʻrsatgan.[5] Urugʻning Birmadagi Iravadi havzasidan kashf etilgan yagona vakili G. malaisei uzoq vaqt davomida taksonomik jihatdan tekshirilmasdan kelgan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotda ushbu turning Glyptosterninae kenja oilasining boshqa urugʻiga mansub Glaridoglanis andersonii ning sinonimi ekanligi maʼlum boʻldi.[3]

  1. Froese, Rainer va Pauly, Daniel, nash. (2012). Glyptosternon turlari FishBase saytida. 2012-yil February versiyasi.
  2. 2,0 2,1 Thoni, Ryan J.; Simonov, Evgeniy; Artaev, Oleg; Asylbaeva, Shaigul; Aibek, Sergek Uulu; Levin, Boris A. (2017). „A century in synonymy: Molecular and morphological evidence for the revalidation of Glyptosternon osсhanini (Herzenstein, 1889) (Actinopterygii: Sisoridae)“. Zootaxa. 4277-jild, № 3. 435–442-bet. doi:10.11646/zootaxa.4277.3.8. PMID 30308643.
  3. 3,0 3,1 Ng, Heak Hee; Kottelat, Maurice (2022). „A New Glyptosternine Catfish from Myanmar (Actinopterygii: Siluriformes: Sisoridae)“. Ichthyology & Herpetology. 110-jild, № 2. 262–267-bet. doi:10.1643/i2021056.
  4. Thomson, Alfred W.; Page, Lawrence M. (2006). „Genera of the Asian Catfish Families Sisoridae and Erethistidae (Teleostei: Siluriformes)“ (PDF). Zootaxa. 1345-jild. 1–96-bet. doi:10.11646/zootaxa.1345.1.1.
  5. Sheraliev, Bakhtiyor; Peng, Zuogang (2021). „Molecular diversity of Uzbekistan's fishes assessed with DNA barcoding“. Scientific Reports. 11-jild. 16894-bet. doi:10.1038/s41598-021-96487-1. ISSN 2045-2322. PMID 34413445. S2CID 237242923.