Kontent qismiga oʻtish

Golf sousi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Golf sousi (ispancha: salsa golf) — Argentinada keng tarqalgan yaxna quyuq sous. Afsonaga koʻra, u boʻlajak Nobel mukofoti sovrindori Luis Federiko Leluar tomonidan 1920-yillarning oʻrtalarida dengiz boʻyidagi Mar del Plata kurortidagi golf klubida ixtiro qilingan[1]. Leluar 1916-yilda oʻylab topilgan mashhur Kolumbiya rosada sousini takrorlaganligi haqidagi farazlar ham mavjud. Qisqichbaqalarni faqat mayonez bilan isteʼmol qilishdan charchaganida, u ofitsiantdan turli xil ingredientlarni (sirka, limon, xantal, ketchup va boshqalar) olib kelishni soʻraydi va ularni oʻzaro aralashtirib tajriba oʻtkazadi. Shinavandaga ketchup va mayonezning aralashmasi koʻproq yoqdi. Leluarning hamrohlari tayyor mahsulotni golf sousi deb atashgan[2][3][4]. Sous tez orada qoʻshni Urugvayga ham tarqaldi.

Bir nechta retseptlar mavjud, ammo sous har doim mayonez va tomatli sous(misol uchun ketchup)dan iborat boʻladi. Unga limon sharbati bilan xantal teng qismlarda qoʻshilishi mumkin. Sousga odatda xantal, limon sharbati va xushtaʼmlik beruvchi ziravorlar

Golf sousi salatlar, goʻshtlar va boshqa taomlar bilan birgalikda isteʼmol qilinadi. Sous Palmitos deb ataladigan Argentina anʼanaviy taomining asosiy tarkibiy qismidir (ispancha: palmitos con salsa golf). Bu taom-golf sousida pishgan dudlangan choʻchqa goʻshtiga oʻralgan palma daraxti yadrosidir. Qoʻshni Paragvayda golf sousi ham juda mashhur boʻlib, baʼzida bedana tuxumi bilan isteʼmol qilinadi. Janubiy Amerikadan tashqaridagi mamlakatlarda golf sousi koʻproq Mari Rouz sousi yoki qovurishga moʻljallangan sous sifatida tanilgan.

Revuelto Gramajo golf sousi bilan birga dasturxonga tortiladi[5].

  1. Аргентинская кухня шаг за шагом, Кулинарные шедевры мира. М.: Медиа Инфо Групп, 2013 — 8-bet. ISBN 978-84-15481-74-4. 
  2. „Salsa golf | Traditional Sauce From Argentina | TasteAtlas“. www.tasteatlas.com. Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
  3. Exton, John H.. Crucible of Science: The Story of the Cori Laboratory. Oxford University Press, 2013 — 45-bet. ISBN 9780199861088. Qaraldi: 22-oktabr 2018-yil. 
  4. Ego Ducrot, Victor. Los sabores de la Patria: Las Intrigas de La Historia Argentina Contadas Desde La Mesa y La Cocina (es). Grupo Editorial Norma, 1998. ISBN 9789580447030. 
  5. Jacob, Jeanne. The World Cookbook: The Greatest Recipes from Around the Globe, 2nd Edition [4 Volumes: The Greatest Recipes from Around the Globe] (en). ABC-CLIO, 2014-01-15. ISBN 978-1-61069-469-8.