Gordion
Qiyofa
Gordion — Frigiya davlatining qadimgi poytaxti (Sangariya daryosining oʻng qirgʻogʻida, Turkiyaning Bebi qishlogʻi yaqinida). Arxeologik qazishlar natijasida undan miloddan avvalgi VII—V-asrlarga oid tosh va xom gʻishtdan ishlangan mudofaa devorlari, turar joylar, juda koʻp maishiy buyumlar, qabriston topilgan. G.dan topilgan mozor qoʻrgʻonlar qad. skiflarnikiga oʻxshash boʻlgan. G. miloddan avvalgi VII-asrda kimmeriylar tomonidan vayron qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |