Kontent qismiga oʻtish

Gozurgoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gozurgoh — Hirot shahrida Shohruh Mirzo tomonidan Abdulloh Ansoriy qabri boshida bunyod etilgan mozor va ziyoratgoh.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilishi 1425-yil boshlanib, 1427-yil tamomlangan. Shoxruh ziyoratga katta daromad keltiruvchi yermulklarni vaqf qilgan. Guzurgoh majmuasi Abdulloh Ansoriy qabri atrofida ziyoratchilar uchun qurilgan ayvon va supalarni, ikkita jamoatxona va yana bir imoratni oʻz ichiga olgan. Keyinchalik ushbu mozorga koʻplab mashxur kishilar, olim va din arboblari dafn etilgan. Alisher Navoiy ham bu mozor va ziyoratgohni obod qilishga katta eʼtibor bergan. Bobur 1506-yil Hirotning diqqatga sazovor joylari bilan tanishganda, Gozurgohni ham ziyorat qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2014-yil — 210 bet.