Kontent qismiga oʻtish

Grammarly

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grammarly — Amerika bulutli saqlash tizimiga asoslangan[1] matn kiritish yordamchisi[2][3]. U ingliz tilidagi matnlardagi imlo, grammatika, tinish belgilari, aniqligi, ishtiroki va yetkazib berish xatolarini koʻrib chiqadi, koʻchirmachilikni aniqlaydi va aniqlangan xatolarni oʻrniga boshqasini qoʻyishni taklif qiladi[4]. Shuningdek, u foydalanuvchilarga oʻz uslubi, ohangi va konteksiga xos tilni oʻziga moslashtirish imkonini beradi[5].

Grammarly 2009-yilda Alex Shevchenko, Maks Lytvyn va Dmytro Lider tomonidan ommaga havola etilgan[6]. Grammarly ish stoli dasturlari, Google Docs uchun optimallashtirilgan brauzer kengaytmasi va smartfon klaviaturasi bilan foydalanish uchun mustaqil dastur hisoblanadi[6][7].

Grammarly Grammarly Inc. tomonidan rivojlangan boʻlib, markazlari San-Francisco, California[8],va Kyiv[9], New York, Vancouver va Berlinda ofislari mavjud[10][11].

Grammarly ilovasi, insholarda koʻchirmachilik mavjudligini tekshiradigan My Dropbox ilovasi yaratuvchilari Maks Lytvyn, Alex Shevchenko va Dmytro Lider[6] tomonidan yaratilgan[12][13]. Grammarly dastlab universitet talabalariga ingliz tilidagi bilimlarini oshirishga yordam berish uchun taʼlim dasturi sifatida ishlab chiqilgan. Keyinchalik, kundalik hayotda ingliz tilidan foydalanadigan mijozlarga taklif qilingan[12][13].

2018-yil boshida,Googlening xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchisi Grammarlyning brauzer kengaytmasining beta-versiyasida zaiflikni aniqladi, bu veb-saytlarga haqiqiyligini isbotlovchi belgilarni koʻrsatishdi va ularga foydalanuvchilar hujjatlari va boshqa maʼlumotlariga kirishga imkon berdi[14]. Bir necha soat ichida, kompaniya tuzatishni ommaga taqdim qildi va foydalanuvchi maʼlumotlari buzilganligi haqida hech qanday dalil topilmagani haqida maʼlumot berdi[15]. Dekabr oyida Grammarly HackerOne -da xatoliklarni mukofotlash dasturini ishga tushirdi va kompaniya serveridagi maʼlum bir hujjatga kirish uchun birinchi oq shapkali xakerga 100 000 AQSh$ miqdorida mukofot taklif qildi[16].

2022-yilgi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban kompaniya Rossiya va Belorussiyadagi foydalanuvchilar bilan barcha biznes aloqalarini samarali tarzda toʻxtatdi. Kompaniya, shuningdek, 2014-yildan beri Rossiya va Belorussiyadan olingan sof daromadni Ukrainaga xayriya qilishini eʼlon qildi. Shuningdek, urush haqida ingliz tilida maʼlumot, bergan Ukraina ommaviy axborot vositalariga bepul kirish imkonini berdi[17][18][19].

Kuzatuvchilar Grammarlyni foydalanish uchun qulayligi va foydali maslahatlari uchun maqtashgan, bu dastur nisbatan yuqori narxi va oflayn funksiyasi yoʻqligiga qaramay, bunga arziydi[20]. Forbesdan Josh Steimle 2013-yilda bu ilovani maqtab, „Bu onlayn xizmatlar sizning yozishingizni tez va oson yaxshilaydi va sizni professional kabi koʻrsatishga yordam beradi yoki hech boʻlmaganda ahmoq kabi koʻrinmaslikka yordam beradi[21]“. Biroq, ayrim foydalanuvchilar Grammarlyni noto‘g‘ri takliflar, ohang va kontekstdan bexabarligi, yozuvchilarning so‘z erkinligini pasaytirgani uchun tanqid qilishgan[22][23].

  • Google Docs § History
  • LanguageTool
  1. Doyle. „What Is Grammarly?“. The Balance Careers (2020-yil 3-oktyabr). 2021-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  2. „Grammarly Inc“. Bloomberg (2024-yil 26-noyabr). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  3. „Grammarly“. Forbes (2024-yil 26-noyabr). 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  4. Moore. „Grammarly Review“. PCMag (2020-yil 16-iyul). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  5. Lardinois. „Grammarly goes beyond grammar“. Techcrunch (2019-yil 16-iyul). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Grammarly brings its AI-powered proofreading tools to Google Docs“ (en-US). VentureBeat (2018-yil 12-sentyabr). 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-may.
  7. Coberly. „You can finally use Grammarly within Google Docs“. TechSpot (2018-yil 12-sentyabr). 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  8. „Grammarly · 548 Market St, San Francisco, CA 94104“ (en). Grammarly · 548 Market St, San Francisco, CA 94104. Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
  9. „Grammarly opens new Kyiv office as demand rises for help with English | KyivPost — Ukraineʼs Global Voice“. KyivPost (2018-yil 6-iyul). 2021-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-may.
  10. McCracken, Harry. „On its 10th anniversary, Grammarly looks way beyond grammar“ (en). Fast Company (2019-yil 1-aprel). 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-sentyabr.
  11. „AI-powered writing assistant Grammarly opens new office in downtown Vancouver | Venture“ (en). dailyhive.com. 2019-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
  12. 12,0 12,1 „Как двое киевлян создали сервис проверки английского правописания стоимостью 1300 млн“ (Russian). Escadra Recruitment Agency. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  13. 13,0 13,1 Rahman. „How Grammarly Grew to 7 Million Daily Users“ (en). Medium (2020-yil 5-iyun). Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  14. Ormandy. „Issue 1527: Grammarly: auth tokens are accessible to all websites“. Google (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  15. Couts. „Grammarly Bug Let Snoops Read What You Wrote, Typos and All (Updated)“. Gizmodo (2018-yil 5-fevral). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  16. „Grammarly - Bug Bounty Program“. HackerOne (2022-yil mart).
  17. MacLellan. „Ukrainian-founded Grammarly is donating all the money it made in Russia since 2014“ (en). Quartz (2022-yil 5-mart). Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  18. Renbarger. „'We feel frustrated': Startup CEOs with teams in Ukraine struggle to help their employees in any way they can“. Business Insider. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  19. Lila MacLellan. „Ukrainian-founded Grammarly is donating all the money it made in Russia since 2014“. Quartz (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  20. Moore. „Grammarly Review: A slick writing assistant for all your documents“. PCMag (2020-yil 6-iyul).
  21. Steimle. „Top 5 Writing Tips For Entrepreneurs“. Forbes (2013-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  22. Mayne. „Revisiting Grammarly: An Imperfect Tool for Final Editing“. another word (2021-yil 26-yanvar). 2022-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  23. Brogan. „Grammarly Fixed a Security Vulnerability, but It Still Can't Fix Our Writing“. Slate Magazine (2018-yil 7-fevral).