Kontent qismiga oʻtish

Grenlandiya boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grenlandiya boʻrisi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus orion
Pocock, 1935
C. l. orionning tarqalishi
C. l. orionning tarqalishi
Sinonimlari

Canis albus orion


Grenlandiya boʻrisi (Canis lupus orion, Danchada: grønlandsulv) — Boʻrilarning Canis lupus turi kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib, hozirgi Grenlandiya hududida yashaydi[1]. Tarixan grenlandiya boʻrisi qattiq ta’‎qib qilingan, ammo bugungi kunda u toʻliq muhofaza ostida va ularning qariyb 90 foizi Shimoli-sharqiy Grenlandiya Milliy Bogʻi chegaralarida yashaydi.

Yaqinda oʻtkazilgan genomik tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Kanadaning Elsmir orolidagi boʻrilar xuddi shu kenja turning ichiga kiradi. Grenlandiya boʻrilarining soni juda kichik boʻlib, taxminan 200tani tashkil etadi, ammo juda ham chekka hududlarda yashaganligi sababli ularning soni boʻyicha mavhum ma’lumotlar bor xolos.

Taksonomiya va evolutsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yilda ingliz zoologi Reginald Pocock Grenlandiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Cape-Yorkdan topilgan turga Canis lupus orion kichik turi nomini berdi. Shuningdek, Pocock Canis lupus arctos (Arktika boʻri) nomini Kanadaning Queen Elizabeth Islands qismidagi Melvil oroli yaqinidan topilgan boʻri turiga nisbatan ishlatgan. Ikkala bori ham 2005-yilda Mammal Species of the World taksonomik organida Canis lupusning alohida kichik turi sifatida roʻyxatga olingan[2].

Grenlandiyadagi eng qadimgi boʻri qoldiqlari bundan 7600 yil tarixga borib taqalsa-da, boʻrilar bu yerda ularning asosiy oʻljasi bugʻulardan, 8,900 yil oldin, avvalroq yashagan boʻlishi mumkin[3].

2016 yilda oʻtkazilgan tadqiqot grenlandiya boʻrilarining ona tomondan nasli Shimoliy Amerikadan kelib chiqqanligini koʻrsatdi[4]. 2019-yilda oʻtkazilgan tadqiqot grenlandiya boʻrisining butun mitoxondrial genomini xaritalashtirdi va uning Canis lupus turiga mansubligi tasdiqlandi[5].

2018-yilda Shimoliy Amerika boʻri populyatsiyalarining koʻpchiligida oʻtkazilgan genom tadqiqotida yuqori arktikada uchta alohida populyatsiya yashashi aniqlangan. Jumladan, Elsmir oroli, Kanada va Grenlandiyada yashaydigan bitta yangi va mutlaq boshqa boʻrilar populyatsiyasi aniqlandi[6]. Queen Elizabeth Islandsda yashaydigan boʻrilarni grenlandiyada yashovchi boʻrilar bilan birga C. l. orion deb nomlash allaqachon 1983-yilda otkazilgan morfologik tahlilda taklif qilingan edi[7].

2021-yilda grenlandiya boʻrisining butun genom ketma-ketligi keyingi tadqiqotlarga yordam berish uchun xaritaga tushirildi[8].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grenlandiya boʻrisi kichik va oʻrta uzunlikdagi tur boʻlib, ularning uzunligi oʻrtacha 155 smni tashkil etadi ammo vazni nihoyatda yengil, 26 kg. Ammo bu oʻlchovlar 1906-yil qishida ushlangan 5ta boʻridan olingan oʻrtacha raqamlar boʻlib, bu kam oziqlanishning oqibati boʻlishi ham mumkin[9][10]. Oʻrtacha boʻri todasining hajmi 3.3tani tashkil qilsa, hajmi 4 va undan katta boʻlgan toʻdalarni uchratish juda ham mushkul.

Juda ham past zichlikda yashashi, kamdan-kam koʻpayishi va bolalashi, kichik toʻdalarda yashagani sababli ular yoʻqolib ketish arafasidagi tur hisoblanadi[11]. Grenlandiya va Elsmir Oroli boʻrilari oson ovlanadigan jonzodlar bilan oziqlanadi va yovvoyi quyon ularning asosiy ozuqa manbasi hisoblanadi. Grenlandiya va Elsmir Oroli boʻrilari dengiz mushuklarini ham ovlagani toʻgʻrisida hujjatlar mavjud va 2ta qoʻyxoʻkiz buzoqlarini boʻrilar toʻdasi tomonidan oʻldirilganini koʻrgan guvohlar ham bor[9].

Populyatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grenlandiya boʻrilari 1988-yildan beri Grenlandiyada muhofaza ostida[12]. Ularning qariyb 90 foizi Shimoli-Sharqiy Grenlandiya Milliy Bogʻi chegaralarida yashaydi va 1998-yilda ularning soni ozuqaning kamligi sababli 55tagacha tushib ketgan[13]. 1997-yilda arktik Kanada boʻylab boʻrilar va ularning oʻljalari, qoʻyxoʻkiz va yovvoyi quyon, sonida pasayish kuzatilgan. Bu soʻngi 4 yilda yuz bergan noqular yoz ob-havosining oqibatidir. Boʻrilarning soni keyingi yillarda qulay kelgan yoz ob hovosi tufayli qayta tiklandi[14]. 2018-yilda ularning soni 200ta boʻlgani taxmin qilinsa-da, juda ham chekka hududlarda yashaganligi sababli ushbu ma’lumot mavhum hisoblanadi[15]. Ularning juda ham kam sonidan kutilganidek, grenlandiya boʻrilarining genetikasi ular juda ham kam bolalashini koʻrsatdi[6].

Sharqiy Grenlandiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grenlandiyaning sharqida 1899 va 1939-yillar oraligʻida 38ta boʻri zaharlanib oʻldirilgan[16].

Grenlandiya boʻrilari 1899-yilgacha ovlanmagan. Sharqiy Grenlandiyada 1899 va 1939-yillarda boʻrining kamayishi va yoʻq boʻlib ketishiga oid tadqiqotlar oʻtkazilgan. U paytlarda boʻrilarning koʻpchiligi ular tarqalgan hududning markaziy qismlarida yashagan boʻlib, bu ularni daniyalik va norvegiyalik ovchilar tomonidan zaharlanib oʻldirilishini osonlashtirdi[11]. Arktika boʻrilari moliyaviy jihatdan aholisining kamligi sabab qadrsiz hisoblangan va ovchilar koʻpincha arktika tulkilarini moʻynasi uchun ovlashgan. Ovchilar foyda qilish maqsadida iloji boricha koʻproq boʻri ovlashga harakat qilishgan. 1899-1939 yillarda bo'rilar yoki ularning izlari 252 marta kuzatilgan. Qishning boshida kuzatilgan 112ta boʻrining 31,3 foizi yakka, 23,2 foizi juft, qolganlari esa katta guruhlarda harakatlangan. 1920 va 1932-yillar oraligʻida boʻrilar yashaydigan hududlarning markaziy qismida 35ta boʻri oʻldirilgan, bu esa grenlandiya boʻrisining tezda kamayib ketishi sabab boʻlgan[16].

1939 va 1978-yillar davomida geografik va ozuqaning taqchilligi kabi omillar tufayli sharqiy grenlandiyadagi boʻrilar soni qayta tiklanmadi. 1979-yilda bir juft boʻri oʻzlarining tarixiy hududlariga migratsiya qilishdi va 1980-yillar davomida harbiy patrul tomonidan bir necha bo'ri juftliklari koʻrilgani aytilgan[11][14]. Boʻrilar migratsiyasi ushbu hududlarda boʻrilar sonini koʻpaytirdi va boʻrilarning yangi populyatsiyasini yaratdi[16]. 2011-yilga kelib shimoli-sharqdan Grenlandiyaning sharqiy qismigacha boʻlgan 560 km masofada harbiy itlar bilan oʻtkazilgan patrul davomida ushbu hududda 23ta yakka va juft boʻri yashashi aniqlangan[11].

  1. Pocock, R. I. The Races of Canis lupus". Proceedings of the Zoological Society of London., 105 (3), 1935 — 647–686-bet. DOI:10.1111/j.1096-3642.1935.tb01687.x. 
  2. Wozencraft, W. C.. Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-nashr, Johns Hopkins University Press. — 575–577-bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 
  3. Ole, Bennike; Svante Bjorck; Jens Bocher; Louise Hansen; Jan Heinemeier; Barbara Wohlfarth (1999). „Early Holocene Plant and Animal Remains from North-East Greenland“. Journal of Biogeography. 26-jild. 667–677-bet. Qaraldi: 2020.
  4. Ersmark, Erik; Klütsch, Cornelya F. C.; Chan, Yvonne L.; Sinding, Mikkel-Holger S.; Fain, Steven R.; Illarionova, Natalia A.; Oskarsson, Mattias; Uhlén, Mathias; Zhang, Ya-Ping; Dalén, Love; Savolainen, Peter (2016). "From the Past to the Present: Wolf Phylogeography and Demographic History Based on the Mitochondrial Control Region". Frontiers in Ecology and Evolution. doi:10.3389/fevo.2016.00134.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  5. Cho, Hyunjun; Kim, Bo-Mi; Lee, Won Young; Rhee, Jae-Sung (2019). "Complete mitochondrial genome of the Greenland wolf, Canis lupus orion". Mitochondrial DNA Part B.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  6. 6,0 6,1 Sinding, M.-H. S (2018). "Population genomics of grey wolves and wolf-like canids in North America". PLOS Genetics. doi:10.1371/journal.pgen.1007745. PMC 6231604. PMID 30419012.
  7. Nowak, R.M. (1983). „"A perspective on the taxonomy of wolves in North America"“ (45-nashr). 10–19-bet. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  8. Sinding, Mikkel-Holger S.; Gopalakrishnan, Shyam; Raundrup, Katrine; Dalén, Love; Threlfall, Jonathan; Gilbert, Tom (2021). "The genome sequence of the grey wolf, Canis lupus Linnaeus 1758". Wellcome Open Research. doi:10.12688/wellcomeopenres.17332.1. PMC 8649967. PMID 34926833.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  9. 9,0 9,1 Peter R. Dawes; Magnus Elander; Mats Ericson. The Wolf (Canis lupus) in Greenland: A Historical Review and Present Status", 1986 — 119–132-bet. DOI:10.14430/arctic2059. 
  10. Manniche, Arner Ludvig Valdemar. The terrestrial mammals and birds of North-East Greenland: Biological observations.. Retziel, 1910. 
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Marquard-Petersen, Ulf (2011). „"Invasion of eastern Greenland by the high arctic wolf Canis lupus arctos"“. Wildlife Biology. doi:10.2981/11-032.
  12. "Amaqqut Kalaallit Nunaanni eqqissisimatinneqarnissaat pillugu Namminersornerullutik Oqartussat nalunaarutaat nr. 9, 5. maj 1988-imeersoq" (Wayback Machine saytida 2023-09-26 sanasida arxivlangan) [ Home Rule № 5 Grenlandiyada boʻrilarni himoya qilish toʻgʻrisida,e’loni 1988-yil 5-may] (Kalaallisutda). Grenlandiyaning Home Rule qonuni (1988 yil 5-may). Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
  13. Marquard-Petersen, Ulf (2009). „"Abundance, social organization, and population trend of the arctic wolf in north and east Greenland during 1978–1998"“. Canadian Journal of Zoology. doi:10.1139/Z09-078.
  14. 14,0 14,1 Mech, David. L (2005). "Decline and Recovery of a High Arctic Wolf-Prey System". Arctic. doi:10.14430/arctic432. JSTOR 40512716.
  15. "Issittup amarua nunatsinni immikkuullarissuusoq" Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr
  16. 16,0 16,1 16,2 Marquard-Petersen, Ulf (2012). "Decline and Extermination of an Arctic Wolf Population in East Greenland, 1899 – 1939". Arctic. 155–166-bet. doi:10.14430/arctic4197.