Kontent qismiga oʻtish

Gryffindor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Griffindordan yoʻnaltirildi)

Gryffindor-bg

Griffindor (ing. Gryffindor) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slytherin, Gryffindor, Hufflepuff, Ravenclaw) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: jasorat, sharaf va oliyhimmatlik. Ramzi – arslon, asosiy ranglari – qirmizi va tillarang. Dekan – transfiguratsiya (bir narsaning boshqa narsaga aylanishi) fani oʻqituvchisi, professor Minerva McGonagall. Fakultet arvohi – Deyarli Boshsiz Nik. Asoschi – yGodric Gryffindor. J. K. Rowlingning soʻzlariga koʻra, Gryffindor olov unsuriga toʻgʻri keladi[1].

Fakultet ranglari
Griffindor ramzi

Fransuz tilidan tarjima qilinganida „Gryffindor“ „Oltin Grifon“ degan maʼnoni anglatadi. Odatda Grifon hushyor, jasoratli va kuchli mavjudot sifatida tavsiflanadi. Bundan tashqari professor Dumbledorening kabinetida eshikni taqqillatish uchun, latunli grifon shaklidagi bolgʻacha bor.

Fakultet talabalari va bitiruvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Griffindor „yaxshi“ fakultet hisoblansa-da, hamma Griffindor talabalarini ham „yaxshi“ deb atab boʻlmaydi. Misol uchun, Cormac McLaggen juda qoʻpol va sabrsiz[2]. Romilda Vane beozor koʻrinadigan konfetlar koʻrinishidagi „sevgi damlamasi“ orqali, Harry Potterni yoʻldan ozdirmoqchi boʻlgan[3]. Oʻlim kasofati – Peter Pettigrew ham ushbu fakultetda tahsil olgan[3].

Gryffindor fakultetida Harry Potter, uning ota-onasi, kitoblarda keltirilgan Weasley oilasining barcha aʼzolari, Germiona Greynjer, shuningdek bosh qahramonning ikki farzandi, James Sirius Potter va Lily Luna Potter tahsil olishgan (oʻrtancha farzandi Albus Severus Potter esa Slytherin fakultetiga qabul qilingan)[3].

Fakultet mehmonxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gryffindor minorasi – Hogwartsdagi balandlik boʻyicha ikkinchi minora. Bu yerda Gryffindorning mehmonxonasi va yotoqxonalari joylashgan. Shu sababdan uning ichki qismi Qirmizi-Tilla tusda. Koʻrinishidan, astronomiya minorasi singari, Gryffindor minorasi ham qasrning old tomonida joylashgan, derazalari esa Taqiqlangan Oʻrmon va Xagrid kulbasi tomon qaratilgan.

Gryffindorning umumiy xonasi Hogwarts qasrining Sharqiy qanotidagi eng baland minoralardan birining 7-qavatida joylashgan. Bu xonani unga kirmoqchi boʻlgan har bir kishidan parol soʻraydigan, pushti koʻylakli, toʻla xonimning portreti himoya qiladi[4].

Gryffindor mehmonxonasi – Gryffindor minorasida joylashgan. Unga Hogwartsning 7-qavatidagi To’la Xonimning portreti orqali kiriladi. Bu yoʻlni faqatgina shu To’la Xonimning oʻzi (yoki boshqa bir qoʻriqchi vazifasini bajaruvchi portret, Garri Potter va Azkaban mahbusi) ocha oladi. Boshqa ikki fakultet mehmonxonalaridagidek yoʻldan oʻtish uchun maxfiy parolni aytish talab etiladi. Odatda fakultet sardorlari parolni birinchi boʻlib bilib olishadi (istisno – Garri Potter va Azkaban Maxbusida Nevill Longbottom, sardor boʻlmagan holatda Ser Cadogan hafta parolini soʻrab oladi) va boshqalarga yetkazishadi[5].

Mehmonxona oʻzida hordiq chiqariladigan – shinam, doira shaklidagi, qirmizi-tilla tusdagi, Gryffindor talabalari dam olishlari, mashq qilishlari va suhbatlashishlari mumkin boʻlgan joyni aks ettiradi. Xonada stol (masalan, dars qilish uchun) yoki kamin yoniga surib olish mumkin boʻlgan koʻplab kreslolar bor. Bundan tashqari mehmonxona devorlarida fakultet va maktab hayotidagi muhim hodisalar eʼloni uchun stend ajratilgan. Masalan, u yerda fakultativlar va klublar mashgʻulotlarining jadvali, buyumlar yoʻqolganligi yoki sotuvi haqidagi va Quiddtich klubiga qabul eʼlonlarini uchratish mumkin. Mehmonxona oynasidan koʻl va tevarak atrof yaqqol koʻrinadi.

Gryffindor talabalari bu yerda biror bir voqeai nishonlash uchun yigʻilishadi. Misol uchun, ular mehmonxonada fakultet terma jamoasining Quidditchdagi va Harry Potterning Uch Afsungar Turniridagi gʻalabasini nishonlashgan[6]. Shuningdek ular Fred va Jorj Uizlilarning sehrli mushaklarini muvaffaqiyatli uchirilishini nishonlashgan.

Fakultet yotoqxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet mehmonxonasidan yotoqxonalarga ikkita zina eltadi. Birinchisi qizlar yotoqxonasiga olib chiqsa, ikkinchisi oʻgʻil bolalar yotoqxonasiga olib chiqishga moʻljallangan. Yozilishicha, qizlar yotoqxonasiga eltuvchi zina sehrlangan va agar undan oʻgʻil bola oʻtishga harakat qilsa, zina shu zahotiyoq sirpanchiqqa aylanib qoladi. Xonani oʻgʻil bolalardan „himoya“ qiladigan bu afsun – Glisseo afsunidir. Lekin oʻgʻil bolalar xonasiga olib chiquvchi zina afsunlanmagan va qizlar undan bemalol oʻtib keta olishadi.

  1. „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  2. Rouling, Joan. Garri Potter va Tilsim Shaxzodasi. Rosmen, 2005. ISBN 5-353-02187-8. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari. Rosmen, 21-iyul 2007-yil. ISBN 978-0545010221. 
  4. Rouling, Joan. Garri Potter va Falsafa Toshi. Rosmen, 26-iyun 1997-yil. 
  5. Rouling, Joan. Garri Potter va Azkaban Maxbusi. 
  6. Rouling, Joan. Garri Potter va Alanga Kubogi, 8-iyul 2000-yil. ISBN 5-353-01684-X.