Kontent qismiga oʻtish

Grossulyar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Grossulyargranatlar guruhiga mansub mineral. Tuzilishi krijovnik mevasiga oʻxshash, lotincha (grossularia — krijovnik) nomi shundan. Kimyoviy formulasi Ca3Al2{SiO4}r Kub singoniyali, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5 — 7,5. Zichligi 3530 - 3600 kg/m3. Och yashil, sargʻish, qoʻngʻir, rangsiz kristallar, agregatlar. Skarnlar minerali. Shaffof turi zargarlikda ishlatiladi. Oʻzbekistonda (skarn jinslarda), Avstriya va Shveysariya (alp tomirlarida), Pokiston (pokiston zumradi), Tanzaniya, RF (Sharqiy Sibir)da uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil