Gugurtga ketib
Gugurtga ketib | |
---|---|
Rejissyor(lar) |
Leonid Gayday Risto Orko |
Ssenariynavis(lar) |
Original pyesa: Algot Untola Ekranzatsiya: Leonid Gayday Tapio Vilpponen Vladlen Baxnov Risto Orko |
Rollarda |
Yevgeniy Leonov Vyacheslav Nevinniy Georgiy Vitsin Rita Polster Ritva Valkama Sergey Filippov |
Bastakor(lar) | Aleksandr Zatsepin |
Chiqarilgan sanasi | 1980 |
Davomiyligi |
94 daqiqa (Sovet versiyasi) 100 daqiqa (Fin versiyasi) |
Mamlakatlar |
Sovet Ittifoqi Finlandiya |
Til | Rus tilida / Fin tilida |
Gugurtga ketib (ruscha: За спичками, fin: Tulitikkuja lainaamassa) – SSSR-Finlandiya kinochilari tomonidan Mosfilm va Suomifilm kinostudiyalarida 1980-yilda suratga olingan komediya[1].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Antti Ihalainen rafiqasi Anna-Liza bilan Liperi jamoatidagi fermada baxtli yashaydi. Bir kuni, Ihalainenning uyida gugurt tugab, finlar juda yaxshi koʻradigan qahva qaynatish uchun olov yoqadigan gugurt yoʻq boʻlganda, Anna-Lisa uni qoʻshnisi Hyvarinenga gugurt uchun yuboradi.
Agar Ihalainen yoʻlda eski doʻsti Jussi Vatanen bilan uchrashib qolmaganida, allaqachon gugurtni topgan boʻlar edi. Beva qolgan Jussi Ihalainendan Hyvarinenning qizi Anna-Kaisani oʻziga sovchi boʻlishni soʻraydi. Hyvarinenni uyiga kelib, doʻstini uzoq maqtaydi. Antti Hyvarineni uyiga tashrifining asl maqsadi nima ekanligini darhol unutadi va gugurtsiz qaytib ketadi.
Yaqin atrofdagi shaharlik tikuvchi Tahvo Kenonen mijoz bilan mast holda suhbatda, u Anna-Lizani anchadan beri yaxshi koʻrganini, ammo Antti Ihalainen uni kaltaklaganini aytadi. Tahvo Kenonen eski sevgilisini koʻrish haqida oʻylaydi.
Ayni paytda, Ihalainen Jussiga muvaffaqiyatli oʻtgan sovchilik haqida xabar beradi va doʻstlar kelinning oilasiga sovgʻalar, Hyvarinen uchun aroq sotib olish uchun Joki shahriga borishga qaror qilishadi. Ushbu mahsulotga yangi shisha sotib olmaslik uchun Jussi shkafdan eskisini topadi.
Aytish kerakki, doʻstlar Antti va Jussining oʻzlari 10 yil davomida ichishni tashlashgandi. Gap shundaki, bundan 10 yil muqaddam mast boʻlib, tegirmonchi bilan juda qattiq janjallashgandi. Uning toʻrt qovurgʻasini sindirib, yetkazilgan maʼnaviy va jismoniy zararning oʻrnini qoplash uchun ular jabrlanuvchiga toʻrtta sigir (har bir singan qovurgʻa uchun) berishlari kerak edi. Shu kundan boshlab ular aroq ichmaslikka qasam ichishgandi[2].
Baxtga qarshi, oʻsha shishada hali ham aroqning yarmi bor edi. Garchi Jussi dastlab „bu jirkanch narsani toʻkib tashlashni“ taklif qilgan boʻlsa-da, oxir-oqibat chiday olmaydi. Soʻng ular shaharga yoʻl oldilar. Ular oʻzlariga duch kelgan tikuvchi Tahvo Kenonenni qoʻrqitib, uni kaltaklashiga sal qoladi. Yoʻl-yoʻlakay ularga duch kelgan mashhur gʻiybatchi Ville Huttunenga ular Amerikaga ketishlarini, u yerda abadiy qolishlari mumkinligini hazil bilan aytishgandi. Huttunen bu xabarni tezda butun hududga tarqatdi.
Mish-mish Anna-Lizaning qulogʻiga yetib boradi. U erining nega uzoq vaqt davomida qoʻshnilaridan qaytmaganidan xavotirlana boshlagandi. Bu yangilikdan ilhomlangan Tahvo Kenonen „qolgan beva ayol“ Anna-Lizaga turmush qurishni taklif qilishga shoshiladi. Bu vaqtda shaharga kelgan Antti va Jussi uyga qaytishga shoshilmayotgandi. Nihoyat, Ihalainen uyiga qaytadi va Tahvoni taʼzirini beradi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yevgeniy Leonov (Antti Ihalainen)
- Vyacheslav Nevinniy (Jussi Vatanen)
- Georgiy Vitsin (Tahvo Kennonen)
- Rita Polster (Anna-Lisa Ihalaynen)
- Ritva Valkama (Miina)
- Sergey Filippov (Hyuvyarinen)
- Nina Grebeshkova (Hyuvyarinenni xotini)
- Vera Ivleva (Anna-Kaysa)
- Galina Polskix (Kaysa Karchutar)
- Mixail Pugovkin (Politsiya xodimi)
- Kauko Helovirta (Torvelaynen)
- Olavi Ahonen (Ville Huttunen)
- Leonid Kuravlyov (epizod)
- Viktor Uralskiy (epizod)