Kontent qismiga oʻtish

Guli sumbul

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Guli sumbul, giatsint, xiatsint (Hyacinthus) — piyozguldoshlar (lolagullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻsimlik; ekiladigan gul. Rangbarangligi, gultoʻdalarining chiroyli tuzilishi, yoqimli hidi, manzarali ekin sifatida piyozli gullar qatoriga kiradi. Guli sumbul piyozlari dumaloq, yassi, yapaloq. Barglari choʻzinchoq, lentasimon, sal bukilgan, uzunligi 35 sm, kengligi 3 sm, gul poyasining uzunligi 35—40 sm, gultoʻpi 10—25 sm, gullarining soni 25— 35 tagacha boradi. Gulining diametri 2— 3,5 sm, naysimon, qoʻngʻiroqsimon shaklda. Gul shodasining boʻlaklari bukilgan, baʼzan toʻgʻri. Okt. oyida ekilib, martapr.da gullaydi. Onalik piyozi atrofida hosil boʻlgan piyozchalar bilan koʻpayadi. Osiyo, Yevropa va Shimoliy Afrikada 30 turi oʻsadi. Shulardan 3 tasi Oʻrta Osiyo togʻlarida uchraydi. Guli xushbuy va oddiy qatqat turi (N. orientalis) koʻproq tarqalgan.


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil