Kontent qismiga oʻtish

Guliston (Nishon tumani)

Koordinatalari: 38°30′31.4″N 65°31′04.6″E / 38.508722°N 65.517944°E / 38.508722; 65.517944
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Guliston
ruscha: Гулистан
Shaharcha
38°30′31.4″N 65°31′04.6″E / 38.508722°N 65.517944°E / 38.508722; 65.517944
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Nishon tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180507[1]
Guliston ruscha: Гулистан xaritada
Guliston ruscha: Гулистан
Guliston
ruscha: Гулистан

Guliston (ruscha: Гулистан) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda shaharcha maqomi berilgan[2].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi gul va iston qoʻshimchasining qoʻshilishidan tarkib topgan. Guliston bu avvallari dasht, choʻl boʻlgan hududda tashkil etilgan obod joy, oʻzlashtirilib obod qilingan hudud maʼnosini bildiradi. Guliston soʻzi XX asrning 70-yillaridan boshlab qoʻllanila boshlangan. Bu soʻzni yangi oʻzlashtirilib tashkil etilgan, bogʻ qilingan joylarga nisbatan qoʻllanila boshlangan. Joyning tabiiy belgisini bildiruvchi guliston soʻzi keyinchalik shaharchaning nomiga aylanib ketgan[3].

Oʻxshash nomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirdaryo viloyatining maʼmuriy markazi boʻlmish Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Viloyatda Guliston tumani ham mavjud. Bu hudud 1923-yil va 19521960-yillarda shahar maqomini olgan, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, keyinchalik 1961-yil 8-maydan yana shahar maqomini olgan.

Guliston shaharchasini Qashqadaryo viloyati Nishon tumanining markazida joylashgan. Hududga eng yaqin aholi yashash punktlari Sharqda Nuriston va Karim bobo, shimolda Abdulla Qodiriy, janubda Shirinobod shaharchalari hisoblanadi. Guliston shaharchasining gʻarbiy qismidan Mirishkor kanali oqib oʻtadi. Shaharchada 23-sonli maktab mavjud. Shaharcha hududining asosiy qismi choʻl zonasida joylashgan.

1-yanvar 2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida aytilishicha, Guliston shaharchasida 5165 nafar inson yashagan. 2016-yildagi hisob-kitob natijasiga koʻra esa bu koʻrsatkich 5500 nafarni tashkil qilgan[4].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shaharchada boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi.

Guliston shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,8° C. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,2° C, eng past harorat esa —15° C, iyul oyiniki 28,8° C, eng yuqori harorat 45° C ga teng. Vegetatsiya davri 230 kun atrofida boʻladi.

  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 83-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  4. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 154-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.