Kontent qismiga oʻtish

Gulobod dahasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gulobod dahasi — Shayxontohur tumanining Beruniy, Mannon Uygʻur, Asadulla Xoʻjaev koʻchalari oraligʻida joylashgan. Gulobod dahasi „Sarxumdon“, „Obinazir“, „Katta hovuz“ mahallalari oʻrnida tashkil etilgan. Qurilish ishlari „ToshkentboshplanLITI“ instituti ishlab chiqqan loyiha boʻyicha 1975-1976 yillarda boshlangan. Gulobod dahasida 70 ga yakin 4, 5 va 9 qavatli turar joylar, kottejlar, 2 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, harbiy maktab, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari, dorixonalar, tuman harbiy komissariati binosi joylashgan. Shuningdek, shifoxona, bolalar shifoxonasi, ATS binosi bor. Dahada yakka tartibdagi eski uy-joylar ham saqlangan[1].

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.