Gulsanam Mamazoitova
Gulsanam Mamazoitova | ||
---|---|---|
Maʼlumot | ||
Tavallud topgan sanasi va joyi | 22-mart 1981-yil Fargʻona shahri | |
Yo'nalishi | milliy, pop | |
Kasbi | qoʻshiqchi | |
Faoliyat yillari | 1994-yildan — hozirgacha | |
Mukofotlari | ||
Veb-sahifasi | gulsanam.uz |
Mamazoitova Gulsanam Mamadaliyevna (1981-yil 22-mart, Fargʻona, OʻzSSR) — Oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulsanam Mamazoitova 1981-yilning 22-martida Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1997-yilda Fargʻona shahridagi 1-oʻrta maktabni 9-sinfini tamomlab, Fargʻona davlat san’at bilim yurtini anʼanaviy ijrochilik boʻlimiga oʻqishga kirgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining sharq musiqasi boʻlimiga qabul qilingan. Oʻqishni 2004-yilda magistratura bosqichida davom ettirgan va 2006-yilda tamomlagan. 2004-yilda hukumat tomonidan Nihol mukofoti bilan, 2006-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Oʻzbekiston mustaqilligiga 22-yil toʻlishi arafasida 2013-yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mamadali Mamazoitov (Muhammadzohidov) — otasi
- Otabek Muhammadzohid — akasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Shoir | Bastakor | Izoh |
---|---|---|---|---|
Oshiqlar | Ahmad Yassaviy[3] | |||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ gulsanam.uz|Biografiya, 2017-10-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-10-21
- ↑ Gulsanam.uz, 2017-10-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-10-21
- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Internetdagi videolari[sayt ishlamaydi]