Kontent qismiga oʻtish

Gulxon Sheroziyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gulxon Sheroziyeva (1920.10.1, Chimboy shahri 1978.18.1, Nukus) — Oʻzbekiston xalq artisti (1957). 1936-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri aktrisasi. J.Oymurzayevning "Oʻzingdan chiqqan baloga..." asaridagi Anorgul shahrining sahnada yaratgan ilk obrazidir. Sheroziyeva xarakterli rollar ustasi boʻlib, milliy ruh, milliy nutq talaffuziga alohida eʼtibor berish, lirik nafosat, samimiylik ijodiga xos. Gulsara (K.Yashin, "Gulsara"), Oypar (M.Daribayev, "Koʻklen botir"), Gulparchin (N.Dovqorayev, "Alpomish"), Oysanam, Oysuluv (S. Xoʻjaniyozov, "Suymaganga suykanma", "Oʻzboshimcha shoh"), Hurliman (J.Oymurzayev, "Berdaq"), Shohsanam (A.Begimov, T.Ollanazarov, "Oshiq Gʻarib"), Osiyo (U.Xojibekov, "Arshin mol olon"), Tozagul (R.Majidov, "Qora yuraklar"), Jibek (G.Musrepov, "Qiz Jibek") kabi rollari bilan qoraqalpoq teatr sanʼatida salmoqli oʻrin egalladi. Sheroziyeva kuchli ovoz sohibasi boʻlib, "Dembermes", "Odingnan", "Avezim" kabi qoʻshiqlar va, ayniqsa, xalq qoʻshiqlarini mohir ijrochisi boʻlgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil