Gumbaz madrasa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Madrasa | |
Gumbaz madrasa
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Andijon viloyati |
Shahar | Andijon |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki |
Madrasa turi | Oʻrta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokor | Quramboy ibn Buvanazar |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdulhamid Xoʻja |
Asosiy sana: 1872-yil
| |
Maqomi | Davlat himoyasida[1] |
Holati | amaldagi |
Gumbaz madrasa — Andijon viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (1872). Bosh tarzidagi yozuvda mahalliy boy Abdulhamidhoji buyurtmasi asosida Buvanazar oʻgʻli Quramboy rahbarligida qurilgani qayd etilgan. Madrasa dastlab ikki qavatli, chortoq tarxli hujralar, masjid hamda darsxona va atrofi devor bilan oʻralgan kichik hovlidan iborat boʻlgan (peshtoq-gumbazli bino va ikki qavatli hujralar saqlangan). Bosh tarzi burchaklariga bezakdor mezana — guldastalar qurilgan. Darvozaxona va hujralar tomi gumbaz bilan qoplangan. Peshtoqining ikki yonidagi hujralar tepasidagi ayvonlar shifti hovuzaqli. Peshtoq bezakdor panjarali ravoqlar tizmasi bilan, usti esa kungirador bezak bilan yakunlanib, ikki yoniga ustungoʻshalar ishlangan, ganch va girih naqsh bilan pardozlangan. Ravoqsimon, tokchalari ichida husnixat arabiy yozuvlar, guldor naqshlar hamda madrasani taʼmirlagan (1914) usta Soʻfixon nomi saqlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.