Gyustav Gaspar Koriolis
Qiyofa
Gyustav Gaspar Koriolis (Coriolis) (1792—1842) — fransuz matematigi va mexanigi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1836). Parij politexnika maktabini boshqargan (1838-yildan). "Qattiq jismlar mexanikasi va mashinalarni hisoblashga doir traktat" (1829) va "Jismlar tizimining nisbiy harakati tenglamalari haqida" (1835) nomli asarlarida K. nisbiy harakat nazariyasini asoslab berdi (qarang Koriolis kuchi, Koriolis tezlanishi).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |