Kontent qismiga oʻtish

Habib us-siyar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Habib us-siyar fi axbor afrod ul-bashar (“Inson xabarlari va fardlarida doʻstning tarjimai holi”) nomli mashhur Temuriylar davriga oid tarixiy asar, muallifi Gʻiyosiddin Xondamirdir (1475—1535).

Xondamir 15—16 yoshdaligi chogʻida Alisher Navoiyning e’tiborini qozonadi va uning kutubxonasiga xizmatga qabul qilinadi. U to Navoiy vafotiga qadar, ya’ni 1501-yil 3-yanvarigacha xizmat da bo‘ldi va boy kutubxonasiga mutasaddilik qildi.

Xondamirning ilmiy merosida “Habib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari alohida o‘rin tutadi va Movarounnahr hamda Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtim oiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va qimmatli manbalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Asar 1521 — 1524-yillar orasida yozilgan. Kitob to‘la ravishda 1529-yili yozib tamomlandi. “Habib us-siyar” umumiy tarix yoʻnalishidagi asar bo‘lib, muqaddima, xotima va uch jild (mujallad)dan iborat. Asarda Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mo‘g‘uliston, Dashti qipchoq, Movarounnahr hukmronlik qilgan avlodi, M am luklar1, Kirmon Qoraxitoylari, Kartlar va Xuroson sarbadorlari tarixini o‘z ichiga oladi. Asarda muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid, yer egaligi, tarxonlar, suyurg‘ol egalari va ularning jam iyatda tutgan mavqei, Tem uriylar davlatining m a’muriy tuzulishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Shuningdek, asaretnografik va geografik ma’lumotlarga ham boydir.

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.