Kontent qismiga oʻtish

Hajjoj ibn Minhol Basriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hajjoj ibn Minhol Basriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Imom Abu Muhammad Hajjoj ibn Minhol Basriy Anmotiy muhaddis, Imom. (vaf. 831 yil).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom Abu Muhammad Hajjoj ibn Minhol Basriy Anmotiy hijriy 216 milodiy 831 yilda vafot etgan.[1] IX asrda yashab ijod qilgan muhaddislardan[2] bo‘lgan. Shuningdek tarixiy manbalarda Hajjoj ibn Minhol Basra muhaddislari tomonidan “Hofiz”, “Obid” kabi kunyalar bilan ham E’tirof qilingan.[3] Hajjoj ibn Minhol o‘z davrining mashhur muhaddislaridan hususan, Qurrata ibn Xolid, Shu’biy, Juvayriya ibn Asmo, Hammom ibn Yаhyo, Yаzid ibn Ibrohim Tastoriy, Hammod ibn Salom, Abdulaziz ibn Mojishunlardan hadis ilmini o‘rgangan. Hajjoj ibn Minholdan Imom Buxoriy, Ishoq ibn Kavsaj, Abu Muhammad Dorimiy, Ahmad ibn Farrot, Ishoq ibn Ibrohim Shozon, Muhamad ibn Yahyo Zuhaliy, Ali ibn Abdulaziz, Abu Muslim Kejiy, Hilol ibn Uloi, Ismoil Qozi kabi muhaddislar unga shogird bo‘lishgan.[4]

Hajjoj ibn Minhol haqida Abu Hotam: “U, fozil, ishonchli va siqot muhaddislardan hisoblangan”, – deya e’tirof etgan.[5] Ahmad Ajaliy: “Hajjoj ibn Minhol Basriy solih va ishonchli muhaddis bo‘lgan”, – deb ta’kidlagan.[6] Xalaf Kardas: “Hajjoj ibn Minhol hujjati kuchli, sunnat sohibi bo‘lgan”, – degan.

  • Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.


  1. Tahzibu-t-tahzib. J. 2. –B. 206; Tabaqatu-l-huffoz. –B. 171.
  2. Zahabiy. Siyaru a’lomi-n-nubalo. J. 10. –B. 352-355.
  3. Tahzibu-t-tahzib. J. 2. –B. 206; Tabaqatu-l-huffoz. –B. 171.
  4. Aj-Jurh va ta’dil. J. 3. –B. 168.
  5. Aj-Jurh va ta’dil. J. 3. –B. 167.
  6. Tahzibu-l-kamol. –B. 238.