Kontent qismiga oʻtish

Halol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Halaldan yoʻnaltirildi)

Halol („erkin“, „bog‘lanmagan“, „tugunni yechish“) — 1) Ruxsat berish; farz, mandub va muboh tushunchalariga kiruvchi ruxsat etilgan xatti-harakatlar; man etilgan xatti-harakatlar (harom)ning ziddi. Halol haqidagi masalalarni fiqhning ahkom bo‘limi o‘rganadi. Shariatda esa, haromlik tuguni yechilgan, yaʼni haromlik sifati yo‘q narsaga halol deb aytiladi. Chunki, harom narsaning man qilish tuguni bo‘ladi. Halol narsada ana o‘sha tugun bo‘lmaydi, bo‘sh bo‘ladi. Hadisi sharifda halol ochiq-oydindir, deyilgan. Avvalo, nima narsalar halol ekani ochiq-oydindir; suv, sut, meva suvlari kabi ichimliklar, non, meva, poliz ekinlari, Allohning ismi aytib so‘yilgan halol hayvonlar go‘shtlari kabi taomlar, ruxsat berilgan kiyimlar va nikohga olingan shaxslar kabilar haloldir. Qolaversa, ushbu narsalarga ega bo‘lish ishonchli, shariatda ruxsat berilgan yo‘l bilan bo‘lishi kerak. Halol kasb deganda, aynan shu maʼnoda gap ketadi. Yaʼni, halol narsaga halol yo‘l bilan ega bo‘lish lozim. Halol mehnat, meros, hadya, ikki taraf roziligi bilan bo‘lgan tijorat tufayli qo‘lga kirgan mulk halol bo‘ladi. Musulmon odam uchun halol narsani talab qilish, haloldan molu mulk topish farzdir. Musulmon inson o‘zi halol bo‘lgan narsani, shariatda halol qilingan yo‘l bilan topib foydalanishi kerak. Shariatda halol hisoblangan narsani harom deb eʼtiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. 2) Shar’iy nikoxdan o‘tishlari mumkin bo‘lgan ayol yoki erkak. 3) Haj ziyoratidan qaytib kelib, sochlarini oldirgan va kundalik kiyim-boshini kiyib, ruxsat etilgan barcha odatdagi ishlar va kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi holati.

https://globalhalal.uz/

https://n.ziyouz.com/books/islomiy/boshqa/Islom%20Ensiklopediyasi.pdf (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan)Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

  • Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004