Kontent qismiga oʻtish

Yer usti halqa yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Halqa yo'lidan yoʻnaltirildi)
Yer usti halqa yoʻli
Texnopark
UzAuto hududiga oʻtish yoʻli (geyt)
Yashnobod
Tuzel
Olmos
Rohat
Yangiobod
Qoʻyliq
Matonat
Qiyot
Tolariq
Xonobod
Quruvchilar
Turon
Qipchoq

Halqa yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. Toshkent shahri atrofidagi avtomobil halqa yo'liga monand tarzda qurilayotgani uchun ham shunday nomlangan. Birinchi bosqichi 2020-yil 29-avgustda yoʻlga qoʻyilgan. Bu yoʻl yana 4 bosqichda qurilishi rejalashtirilgan.[1]

Texnopark (avvalgi Doʻstlik-2) bekatidan Qoʻyliq bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 km boʻlib, 7 ta bekat (“Do'stlik-2” va ”Bekat-2,3,4,5,6,7”) barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu yoʻnalish kuniga 46,000 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.[2]

Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.

Harakat tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Halqa yoʻlida 4 vagonli 5 ta poyezd harakatlanadi.

Kelajakdagi loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:[3][4]

  • 1-bosqich: Doʻstlik-2 bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qism qurilib, foydalanishga topshirildi.
  • 2-bosqich: Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining Olmazor bekati bogʻlanadi.
  • 3-bosqich: Beruniy bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
  • 4-bosqich: Bodomzor bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
  • 5-bosqich: Halqa metro liniyasi yana Doʻstlik bekatiga ulanadi.[5]

Toshkent Metropolitenini kengaytirish loyihasi bilan tanishish mumkin[6].