Rohat (metro bekati)
«Rohat» Rohat | |
---|---|
Ochilish sanasi | 30-avgust 2020-yil |
Tuman | Yashnobod tumani |
Turi | yerusti, yopiq |
Platformalar soni | 1 |
Platformalar uzunligi | 102 |
Koʻchalarga chiqish |
Ohangaron yoʻli, Toshkent halqa avtomobil yoʻli Artel (shirkat), „Rohat“ avtosaloni, sobiq „Baxt“ koʻli |
Yerusti transporti |
: 30, 54, 110, 119, 155 : 55M, 73M, 88M, 99M, 139M, 195M |
Ochilish vaqti | 5.00 |
Yopilish vaqti | 23.59 |
Rohat, rasman 5-bekat — Toshkent metropoliteni Yerusti halqa yoʻli bekatlaridan biri. 1-oktyabr 2017-yilda Doʻstlik-2—Qoʻyliq navbatida qurilishi boshlangan[1]. 3-fevral 2020-yilda qurib bitkazildi[2]. 30-avgust 2020-yilda foydalanishga topshirildi[3].
Taftish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilning 4-yanvar kuni Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan olib borilgan dastlabki oʻrganishlar „Toshkent metropoliteni“ DUKga qarashli metropolitenning ayrim bekatlari, xususan, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ tomonidan yer usti metrosining Rohat bekatida oʻrnatilgan eskalatorlar ishdan chiqqanini aniqlaydi. Shulardan kelib chiqib masʼul tuzilmalarni jalb qilib eskalator va liftlarni ishlatish choralarini koʻrish hamda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot taqdim etishni soʻrab, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ boshqaruv raisi va Toshkent shahar hokimiga rasmiy xat joʻnatadi[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Вместо кольцевой электрички будет кольцевое метро“. Газета.uz (2017-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
- ↑ „УП «Toshkent Metropoliteni»: Шесть станций построены“. Oʻzbekiston temir yoʻllari (2020-yil 3-fevral). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
- ↑ „АО «Узбекистон темир йуллари» — Об открытии участка новой линии надземного метро "Ду́стлик-2" - "Куйлюк"“. railway.uz. 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Qo‘mita yalpi majlisda ko‘tarilgan muammoli masala yuzasidan aniq choralar ko‘rish bo‘yicha masʼullarga yuzlandi“. senat.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ „Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi“. kun.uz. Qaraldi: 3-dekabr.