Yunusobod (metro bekati)
«Yunusobod» Yunusobod | |
---|---|
Ochilish sanasi | 2020-yil 29-avgust |
Tuman | Yunusobod tumani |
Turi | kolonnali |
Chuqurligi | 8 metr |
Platformalar soni | 1 |
Platforma turi | orolchali |
Platformalar uzunligi | 102 metr |
Platformalar kengligi | 12 metr |
Platforma muhandislari | V. I. Bensler, R. Devonov |
Qurilish tashkiloti | Oʻzbekiston temir yoʻllari |
Koʻchalarga chiqish |
Ahmad Donish koʻchasi Yangishahar koʻchasi Yunusobod dehqon bozori MegaPlanet savdo majmuasi |
Yerusti transporti |
A: 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 140, 149, 5A M: 20, 27, 28, 40, 62, 68, 77, 80, 91, 97, 102 |
Ochilish vaqti | 5.00 |
Yopilish vaqti | 0.00 |
Yunusobod |
Yunusobod – Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining bekatlaridan biri[1][2][3][4]. Vokzal shu nomdagi tuman – „Yunusobod“ nomi bilan atalgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bekat ustunli, ikki oraliqli, sayoz, egri platformali (Toshkent metrosining egri platformali yagona bekati), ikkita yer osti vestibyulli. Bekat dizayni platforma markazida bir qator relyef ustunlari bilan noyob qiyalik uslubida qurilgan. Kirish qismida Toshkentning zamonaviy va qadimiy qiyofasini aks ettiruvchi oyna koʻrinishidagi rasmlar oʻrnatilgan. Platformaning devorlarida oltita ekran kompozitsiyasi mavjud.
Qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 7-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avval yer osti suvlari sizib chiqishi sababli toʻxtatilgan „Yunusobod“ va „Turkiston“ bekatlari qurilishi qayta tiklandi. Qurilish jarayonida Germaniya va Rossiyadan kelgan qurilish texnikalaridan foydalanilgan. Loyihada nemis texnologiyasi qoʻllangan, buning natijasida suvli qatlam temir-beton quvurlar yordamida bartaraf etilgan. 2019-yil 30-noyabr kuni yer osti oʻtkazgich qurilishi munosabati bilan avtomobil yoʻlining ayrim uchastkalari vaqtincha yopildi. 2020-yil 15-iyunda yakunlandi. „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabariga koʻra, Yunusobod va „Turkiston“ stansiyalari qurilishining umumiy qiymati 103,8 million AQSH dollarini tashkil etgan. 2020-yil 29-avgustda Yunusobod stansiyasi foydalanishga topshirildi.
Avariya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 18-dekabrda bekat qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan.[5] Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari, qutqaruchilar, shifokorlar yetib kelishgan, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan[6] Oʻzbekiston Bosh vaziri boshchiligida avariya oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi tuzildi[7] Hodisaga, birinchidan kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, yaxshi mustahkamlanmagan devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani, ikkinchidan avtomobil qatnovi toʻxtatilmagani oqibatida yerdagi tebranish devorni qotirishga halal bergani aytildi[8]. 19-dekabr kuni qutqaruv yakunlandi. Qurbonlar soni 6ta ekani aytildi[9]. Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jinoyat kodeksining 257-moddasi bilan (texnika xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoiy ish ochildi[10][11][12]. Keyinchalik, bu jinoyat ishi dalillar yetarli emasligi sabali yopildi. Saylovlar doirasidagi anjumanlarda deptatlar qurilish sohasiga mas’ul shaxslarni tanqid qilishgan[13]. Deputat, „Go Uzbekistan“ loyihasi muallifi Fazliddin Hojimuhammedov esa Yunusobod bekatiga „Quruvchilar“ nomini berishni taklif qilgan[14] Oʻzbekiston temir yoʻllari halok boʻlgan har bir ishchilarning oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10400 dollar) tovon puli ajratdi[15]. Shuningdek, ularning har bir oilasi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, doimiy moddiy taʼminlab turilishi aytildi[16]
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Шавкат Мирзиёев: «Бу йўл ҳамма нарсани тезлаштиради. Ҳаракатни ҳам, иқтисодиётни ҳам, ҳаётни ҳам»“. kun.uz.
- ↑ „Метронинг Юнусобод йўналишидаги иккинчи туннелда бурғилаш ишлари якунланди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги кўчалардан бири вақтинча ёпилади“. Kun.uz.
- ↑ http://www.mirmetro.net/node/3046
- ↑ „Тошкент метросининг Юнусобод йўналиши қурилишида авария содир бўлди. Тупроқ остида бир неча киши қолиб кетган бўлиши мумкин“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги метро аварияси: Бир неча ишчининг тақдири номаълумлигича қолмоқда“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги авария оқибатларини бартараф этиш бўйича ҳукумат комиссияси тузилди“. Kun.uz.
- ↑ „ФВВ ва ССВ Юнусободдаги ер ўпирилиши бўйича маълумот берди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги авария жойида тупроқ остидан яна бир жасад олиб чиқилди. Қурбонлар сони 6 нафар“. Kun.uz.
- ↑ „Прокуратура Юнусободдаги ҳодиса юзасидан жиноий иш очди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги фожиа сабаби аниқланди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусобод фожиаси бўйича тузилган махсус комиссия қарори қачон эълон қилинади?“. Kun.uz.
- ↑ „«Мутасаддилар халқдан узр сўрасин» - ЎзЛиДеП вакили Юнусободдаги фожиа ҳақида“. Kun.uz.
- ↑ „Yunusobodda qurilayotgan metro bekatlaridan biriga “Quruvchilar” nomini berish taklif qilindi“. Daryo.uz.
- ↑ „Юнусободдаги фожиада ҳалок бўлган ишчиларнинг оилаларига 100 млн сўмдан компенсация ажратилди“. Kun.uz.
- ↑ https://kun.uz/news/2020/02/23/yunusobod-metrosi-qurilishida-halok-bolgan-yigitlar-yaqinlari-ularning-ushalmay-qolgan-orzulari-haqida