Kontent qismiga oʻtish

Fazliddin Hojimuhammedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fazliddin Jaloliddinovich Hojimuhammedov
Tavalludi 16-oktyabr 1988-yil (1988-10-16) (36 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2009)

Fazliddin Jaloliddinovich Hojimuhammedov (1988-yil 16-oktyabr, Toshkent shahri) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi va jamoat arbobi.

2005-yilda Toshkent shahridagi 193-maktabni tugatgan.

2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining buxgalteriya hisobi va audit fakultetini tugatgan. 2010-yilda harbiy xizmatni oʻtagan.

2009-yildan 2013-yilgacha – xususiy sektordagi faoliyat.

2012—2013-yillarda Uchtepa tumanidagi 81-maktabda iqtisod fani oʻqituvchisi boʻlgan.

2013—2017-yillarda xususiy sektordagi faoliyat.

2017-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi sport tadbirlarini tashkli qilish va muxlislar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

2021-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi media boʻlimi boshligʻi[1].

2018—2019-yillarda xalq deputatlari Uchtepa tumani kengashining 12-Jurjoniy saylov okrugi deputati boʻlgan. Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Uchtepa tumani kengashining taqdimnomasiga asosan mustaqil nomzod sifatida saylangan.

2017-yilda sport volontyorligi faoliyati bilan shugʻullanuvchi „Go Uzbekistan“ loyihasiga asos solgan. 2019-yilda Toshkent metropolitenining „Yunusobod“ bekati qurilishida halok boʻlgan 6 nafar quruvchi sharafiga bekatni „Quruvchilar“ deb nomlashni taklif etgan[2]. Keyinchalik, 2023-yilda ishga tushgan yangi metro bekatlaridan biriga „Quruvchilar“ nomi berildi[3].