Kontent qismiga oʻtish

Olmos (metro bekati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Metro bekati
«Olmos»
4-bekat
Ochilish sanasi 30-avgust 2020-yil
Loyihaviy nomi Iltifot
Tuman Yashnobod tumani
Turi yerusti, yopiq
Platformalar soni 1
Platformalar uzunligi 102
Koʻchalarga chiqish Ohangaron yoʻli koʻchasi
Iltifot koʻchasi
Koreya madaniyat markazi
Majburiy ijro byurosi
Yerusti transporti :110, 119, 128
: 55M, 73M, 88M, 99M,
139M, 195M
Ochilish vaqti 6.00
Yopilish vaqti 23.00
Yer usti halqa yoʻli
Texnopark
UzAuto hududiga oʻtish yoʻli (geyt)
Yashnobod
Tuzel
Olmos
Rohat
Yangiobod
Qoʻyliq
Matonat
Qiyot
Tolariq
Xonobod
Quruvchilar
Turon
Qipchoq

Olmos bekatiToshkent metropoliteni Yerusti halqa yoʻlining bekatlaridan biri. Yashnobod tumanining Ohangaron va Iltifot ko’chalari chorrahasida joylashgan. 1-oktyabr 2017-yilda qurilishi boshlangan[1]. 3-fevral 2020-yilda qurib bitkazilgan[2]. 30-avgust 2020-yilda foydalanishga topshirildi[3].

Metro bekati ochilgach dastlab „4-bekat“ deb nomlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi „Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida“gi 2011-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-303-son qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori asosida Toshkent shahrida geografik obyektlarni nomlash bilan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasi tashkil etilgan. Ushbu komissiya tomonidan Yerusti metroliniyasi bekatlarini nomlash boʻyicha Toshkent shahar hokimligining geografik obʼektlarga (koʻchalar, tor koʻchalar, berk koʻchalar va boshqalarga) nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda mahalliy aholining fikrini olishga moʻljallangan rasmiy xizmati — maxsusgeonom.tashkent.uz sayti ishlab chiqilib, u yerda bekatlarga berilishi mumkin boʻlgan bir nechta nomlar orasida ovoz berish jarayoni tashkil etildi[4]. Ovoz berish 2023-yilning 4-aprelidan 18-apreligacha belgilangan.

Bekatni nomlash boʻyicha 3 xil nom taklif etildi[5]. Bular:

  • Iltifot — bekat yaqinidagi koʻcha nomi;
  • Olmos — bekat yaqinidagi joy nomi;
  • Koreya madaniyat markazi — bekat yaqinidagi bino nomi.

2023-yil 9-avgust kuni qabul qilingan 349-sonli hukumat qarori bilan bekatga „Olmos“ nomi berilgan[6].

Bekat ikki qavatdan iborat boʻlib, birinch qavati texnik xonalardan iborat. Birinchi qavat binosining devori tabiiy travertin toshi bilan qoplangan. Ikkinchi qavatida bekat platformasi joylashgan. Platformaga chiqish uchun 3 ta eskalator oʻrnatilgan. Platformaning ikki tarafida evakuatsiya vaqtida chiqish uchun zinapoyalar va nogironligi bor odamlar uchun lift oʻrnatilgan. Lekin bu chiqish qismi yopiq boʻlib, undan foydalanilmaydi. Platforma orol shaklida boʻlib, poyezd vagonlari platforma chekka qismlariga kirib keladi. Platforma tom qismi arkasimon qilib ishlangan va maxsus shisha bilan qoplangan. Platforma pol qismi anʼanaviy ravishda marmar bilan qoplangan. Poyezd vagonlariga chiqish qismida polga maxsus boʻrtib chiqqan moslamalar qoʻyilgan.

Metroga kirishda oʻrnatilgan turniketlar maxsus validatorlar bilan jihozlangan. Yoʻlovchilar toʻlovlarni amalga oshirish uchun maxsus Yagona transport kartasi (ATTO) yoki oʻzlarining NFC chipi mavjud boʻlgan bank kartalari (Humo, Visa, MasterCard) yoki NFC mavjud boʻlgan smartfonlaridan (maxsus ATTO ilovasi yoki bank kartasi toʻlov ilovalarida yaratilgan QR-kod bilanrqali) amalga oshirishlari mumkin[7]. Naqd pul bilan esa bekat kassasidan maxsus QR kodli chek sotib olib, turniketdagi maxsus QR kod oʻquvchi moslamaga chekni qoʻyib skanerlash orqali bekatga kirishlari mumkin. Ushbu chiptalar bir martalik bo'lib, u sotib olingan paytdan boshlab 30 daqiqa davomida va faqatgina sotib olingan bekatdagina amal qiladi[8].

2019-yil 15-avgustdan boshlab metroda yoʻl haqi 1400 soʻmni tashkil etadi[9].

2021-yil 24-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yer usti xalqa metrosining 4-bekatida poezd yuradigan yoʻli qismida kichik „oʻpirilish“ sodir bo‘lgani haqda video tarqaldi[10].

Bir necha soatdan soʻng, „O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ Axborot xizmati tarqatgan xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan „o‘pirilish“ metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24-fevral kuni tungi soat 00:00dan soʻng (metro poyezdlari harakati to‘xtaganda) kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi teshilganligi aytildi[11].

Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish meʼyor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan. Xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan. Kabel o‘tkazish ko‘prigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan so‘ng, yo‘ldagi chiqindilar tozalangan

— „O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ Axborot xizmati, in

2024-yilning 4-yanvar kuni Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan olib borilgan dastlabki oʻrganishlar „Toshkent metropoliteni“ DUKga qarashli metropolitenning ayrim bekatlari, xususan, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan yer usti metrosining Olmos bekatida oʻrnatilgan eskalatorlar ishdan chiqqanini aniqlaydi. Shulardan kelib chiqib masʼul tuzilmalarni jalb qilib eskalator va liftlarni ishlatish choralarini koʻrish hamda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot taqdim etishni soʻrab, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ boshqaruv raisi va Toshkent shahar hokimiga rasmiy xat joʻnatadi[12][13].

Stansiyada oʻrnatilgan quvvatlash qurilmasi. Toʻlov evaziga poverbank olish mumkin.

Toshkent metropoliteni DUK matbuot xizmati rahbari Toʻychi Mirzayev maʼlumot berishicha yerusti va yerosti metro stansiyalarda maxsus poverbanklarga ega uskunalar oʻrnatildi. Undan foydalanish uchun fuqarolar oʻzining smartfonlariga maxsus mobil ilova oʻrnatadi va roʻyxatdan oʻtib shaxsiy bank kartasi maʼlumotlarini kiritadi. Uskuna ekranidagi QR kodni skanerlash orqali poverbankni ijaraga olish uchun toʻlovni amalga oshiradi. Shundan soʻng uskunadan poverbankni olib oʻz smartfonini quvvatlaydi. Poverbankka uch xil turdagi (USB Type-C, USB 2.0 va Apple Lightning) smartfonlarni quvvatlash kabellari oʻrnatilgan. Tarif narxlari bir soatga 5000 soʻm, 24 soatga esa 10000 soʻmni tashkil qiladi[14].

  1. „Вместо кольцевой электрички будет кольцевое метро“ (ru). gazeta.uz (2017-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  2. „УП «Toshkent Metropoliteni»: Шесть станций построены“. Oʻzbekiston temir yoʻllari (2020-yil 3-fevral). Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  3. „АО «Узбекистон темир йуллари» — Об открытии участка новой линии надземного метро "Ду́стлик-2" - "Куйлюк"“. railway.uz. 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  4. „Ким бу масала билан шуғулланади“. Qaraldi: 2-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  5. „nomlash“. Qaraldi: 2-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  6. „Toshkent metropolitenining yerusti yo‘li bekatlariga nom berildi“. Kun.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  7. „Метро Узбекистана - история, новые названия станций, рейтинг“. Qaraldi: 28-yanvar 2023-yil.
  8. YouTube logotipi Toshkent metropoliteni Rasmiy YouTubeda
  9. „Оплата проезда в метрополитене Ташкента“. www.tashtrans.uz. Qaraldi: 27-may 2021-yil.
  10. „Тошкент ерусти метроси йўлида кичик ўпирилиш содир бўлгани видеоси тарқалди“ (uz). xabar.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  11. „Toshkent yer usti metrosi yo‘lida paydo bo‘lgan «o‘pirilish» haqida rasmiy ma’lumot berildi“ (uz). xabar.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  12. „Qo‘mita yalpi majlisda ko‘tarilgan muammoli masala yuzasidan aniq choralar ko‘rish bo‘yicha masʼullarga yuzlandi“. senat.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  13. „Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi“. kun.uz. Qaraldi: 2-dekabr.
  14. YouTube logotipi MTRK(oʻzb.)