Kontent qismiga oʻtish

Yunusobod yoʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yunusobod yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. 2001-yil 26-oktyabrda yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yil noyabrda avvaldan qurilishi rejalashtirilgan Yunusobod va Turkiston bekatlarini qurish ishlari boshlab yuborildi. Qurilishga 108 million dollar ajratilgan. Bekatlar 2020-yil 29-avgustda foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Bobur, Toʻqimachilar, Usmon Nosir, Janubiy bekatlari loyihasi bekor qilindi[1][2][3].

Yunusobod yoʻli
"Yunusobod" elektr deposi
Turkiston
Yunusobod
Shahriston
Boʻzsuv kanali
Bodomzor
Minor
Abdulla Qodiriy
Yunus Rajabiy
Ming oʻrik
Oʻzbekiston yoʻliga

Harakat tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yunusobod yoʻlida 81-717/714 raqamli vagonlardan iborat toʻrt vagonli poyezd harakatlanadi.[6]

  • 2019-yil 18-dekabrda Yunusobod bekati qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan.[7] Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari, qutqaruchilar, shifokorlar yetib kelishgan, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan[8] Oʻzbekiston Bosh vaziri boshchiligida avariya oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi tuzildi[9]
  • Hodisaga kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani aytildi[10].
  • Qutqaruv yakunlandi. Qurbonlar soni 6ta ekani aytildi[11].
  • 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi[12][13][14]
  • Saylovlar doirasidagi anjumanlarda deptatlar qurilish sohasiga mas’ul shaxslarni tanqid qilishgan[15]. Go Uzbekistan loyihasi muallifi esa Yunusobod bekatiga „Quruvchilar“ nomini berishni taklif qilgan[16].
  • Oʻzbekiston temir yoʻllari halok boʻlgan har bir ishchining oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10400 dollar) tovon puli ajratdi[17].
  1. https://m.kun.uz/news/2019/11/06/toshkent-metropoliteni-42-yoshini-qarshiladi
  2. „Метронинг Юнусобод йўналишидаги иккинчи туннелда бурғилаш ишлари якунланди“. Kun.uz.
  3. „Юнусободдаги кўчалардан бири вақтинча ёпилади“. Kun.uz.
  4. https://m.kun.uz/news/2020/06/16/toshkent-metrosining-yunusobod-yonalishida-ikkita-bekat-qurib-bitkazildi
  5. https://m.kun.uz/news/2020/08/29/prezident-toshkent-metrosining-qurilishi-tugallangan-yunusobod-yonalishi-bilan-tanishdi
  6. http://metrotashkent.narod.ru saytida Yunusobod yoʻli
  7. „Тошкент метросининг Юнусобод йўналиши қурилишида авария содир бўлди. Тупроқ остида бир неча киши қолиб кетган бўлиши мумкин“. Kun.uz.
  8. „Юнусободдаги метро аварияси: Бир неча ишчининг тақдири номаълумлигича қолмоқда“. Kun.uz.
  9. „Юнусободдаги авария оқибатларини бартараф этиш бўйича ҳукумат комиссияси тузилди“. Kun.uz.
  10. „ФВВ ва ССВ Юнусободдаги ер ўпирилиши бўйича маълумот берди“. Kun.uz.
  11. „Юнусободдаги авария жойида тупроқ остидан яна бир жасад олиб чиқилди. Қурбонлар сони 6 нафар“. Kun.uz.
  12. „Прокуратура Юнусободдаги ҳодиса юзасидан жиноий иш очди“. Kun.uz.
  13. „Юнусободдаги фожиа сабаби аниқланди“. Kun.uz.
  14. „Юнусобод фожиаси бўйича тузилган махсус комиссия қарори қачон эълон қилинади?“. Kun.uz.
  15. „«Мутасаддилар халқдан узр сўрасин» - ЎзЛиДеП вакили Юнусободдаги фожиа ҳақида“. Kun.uz.
  16. „Тошкент метросининг янги қурилаётган бекатларидан бирига «Қурувчилар» номини бериш таклиф этилди“. Kun.uz.
  17. „Юнусободдаги фожиада ҳалок бўлган ишчиларнинг оилаларига 100 млн сўмдан компенсация ажратилди“. Kun.uz.