Hamza Abdi Barre
Hamza Abdi Barre Xamse Cabdi Barre | |
---|---|
Barre, 2022-yil | |
Somali Bosh Vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 26-iyun – hozirgacha | |
Prezident | Hassan Sheikh Mohamud |
Oʻtmishdoshi | Mohamed Hussein Roble |
Xalq palatasining aʼzosi | |
Mansab davri 2021-yil 28-dekabr – hozirgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1972/1973 (50 yoki 51 yosh[1]) Kismayo, Somali Demokratik Respublikasi[2] |
Siyosiy partiyasi | Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq (UPD) |
Bolalari | 8 |
Istiqomat joy(lar)i | Mogadishu, Somali |
Taʼlim | Bakalavr diplomi, Magistr diplomi |
Hamza Abdi Barre (somalicha: Xamse Cabdi BarreXamse Cabdi Barre, arabcha: حمزة عبد بري) hozirda Somali Federal Hukumatida Bosh Vazir vazifasini oʻtayotgan siyosatchi. U 2022-yil 15-iyunda Prezident Hassan Sheikh Mohamud tomonidan nomzod sifatida taklif etilgan[3] va 2022-yil 25-iyunda parlament tomonidan tasdiqlangan[4]. Hamza shuningdek 2021-yil 28-dekabrda Somali Federal parlamenti Xalq palatasiga saylangan parlament aʼzosi[5].
Hayotining boshlangʻich davri va oʻqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hamza pastki Jubadagi Kismayo shahrida [6], Darod urugʻining Ogaden filialida tugʻilgan[7].
Hamza boshlangʻich taʼlimni oʻz davlatida tugatgan va 2001-yilda Yamandagi University of Science and Technology universitetida bakalavr diplomini yoqlagan[6]. 2003-yildan 2004-yilgacha Hamza Mogadishudagi xususiy maktab ijrochi direktori boʻlgan[6]. 2005-yil avgustda[8] u Kismayo University yaratuvchilaridan biri boʻlgan[6]. U 2009-yilda Malayziyadagi Xalqaro Islom Universitetida Magistrlik diplomini yoqlaydi[2]. Magistrlik diplomini yoqlagandan soʻng va siyosiy karyerasini boshlashidan oldin u juda koʻp yillarni Kismayo va Mogadishuda oʻqituvchi boʻlib oʻtkazadi.
Siyosiy karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barre uzoq vaqtdan beri Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq partiyasining tarafdori boʻlgan va federal hukumat idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
2014-yildan 2015-yilgacha Barre Banaadir viloyati gubernatori va keyinchalik Mogadishu meri Hassan Mohamed Husseinning maʼmuriy maslahatchisi boʻlib ishlagan. Barre shuningdek Konstitutsiyaviy ishlar va federal vazirligining katta maslahatchisi boʻlib ishlagan[1][2]. U Bosh Vazir boʻlishidan oldin prezident Mohamud boshchiligidagi Tinchlik va taraqqiyot partiyasi bosh kotibi (2011-2017-yillar)[1] va prezident Mohamed Abdullahi Mohamed boshchiligidagi Jubbaland saylov komissiyasi raisi (2019-2020-yillar) kabi yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan[2]. 2022-yil 26-iyundan beri Barre Prezident Mohamud[9] bilan yonma yon Somalining Bosh Vaziri sifatida ishlab kelmoqda[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Maruf, Harun „New Somali President Appoints Prime Minister“. VOA News. Voice of America (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Siyaasadda Soomaaliya: Waa kuma Xamsa Cabdi, Ra'iisal wasaaraha la magacaabay ee Soomaaliya? (Somali Politics: Who is Hamsa Abdi, the newly appointed Prime Minister of Somalia?)“ (Somali). bbc.com. BBC (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ Sheikh, Abdi „Somali president nominates Barre as prime minister after delayed elections“. Reuters. Reuters (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ „Hamza Abdi Barre endorsed by parliament as new PM of Somalia“ (2022-yil 25-iyun). Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
- ↑ „Jubaland elects six Lower House MPs“. Saafi Films (2021-yil 28-dekabr). 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 „Akhriso: Taariikhda Ra’iisulwasaare Xamse Cabdi Barre“ (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ „BREAKING: President Hassan Sheikh nominates Hamza Abdi Barre as PM“ (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ Kismayo University. „About Us“. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „Somalia elects Hassan Sheikh Mohamud as new president“. aljazeera.com (2022-yil 15-may). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.