Haqqush
Qiyofa
Haqqush – qarqaralar oilasiga mansub qush. Janubiy Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Va Janubiy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning Amudaryo va Sirdaryo vohalarida uchraydi. Tanasining uzunligi 60 sm ga yaqin. Qanoti 26-30 sm; qora-oqish yoki kulrang, metalldek yaltiraydi. Yetuk Haqqushning boshida 3-4 ta uzun, ingichka patdan iborat kokili bor. Daryo, koʻl va boshqa suv havzalarining qirgʻogʻida yashaydi. Asosan, tunda faol; koloniya boʻlib, daraxtlarga uya quradi. 4-5 ta tuxumni nari va modasi navbatlashib 21-22 kun bosadi. Baliq, baqa, mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |