Kontent qismiga oʻtish

Hasan-Husan masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

„Imom Hasan imom Husayn“ ziyoratgohi Navoiy viloyati Nurota yoʻlining 45-kilometrida Dehibaland qishlogʻi joylashgan. Bu qishloqda uchta ramziy qabr bor. Kiraverishda oʻng tomonida „Imom Hasan imom Husayn“ ziyoratgohi bor. Bu yerda hazrati Alining suyukli farzanlari Imom Hasan va Imom Husaynlarning ramziy qabrlari bor. Bu qabrlar taxminan XIX asrning oxirlarida barpo etilgan. Bu maskanga ham koʻplab mahalliy sayyohlar tashrif buyurishadi.[1] Ikki qabrning oʻrtasida masjid bor. Masjidda bitta ustun boʻlib, u marmar toshdan yasalgan. Mazkur sanat asarining muallifi gʻozgʻonlik mashhur usta muhandis Abdurayim Turdiyev.[2]

Ushbu qishloqdashuningdek, Dehibaland qoʻrgʻoni mavjud boʻlib uning qurilishi eramizdan oldingi yillarga toʻgʻri keladi. Nur qal’asi bilan zamondosh Dehibaland qal’asi hududda joylashgan boshqa qal’alar singari qishloq mudofaasi uchun qurilgan. Poydevori toshdan gʻishtlari tuproqdan yasalgan.[3] Qadimda shaharchaga yov hujum qilganda qoʻrgʻon tepasidagi askarlar olov yoqishib yoki tutun chiqarishib shaharcha aholisi xavfdan boxabar qilishgan va uzoqda joylashgan boshqa qal’alarga ham xabar berishgan. Dehibaland qishlogʻida 3 ta chashma bor. Bu qal’a ham mudofaa ham suvga egalik qilish uchun qurilgan.[4]

Hozirgi kunda qal’aning mudofaa devorlari qolmagan. Faqatgina qishloqqa kirish joyidagi asosiy qismi qolgan xolos. Maydoni 1700 m2ga teng.[5]

  1. Imom Hasan, imom Husayn masjidi. Navoiy viloyati, Nurota tumani, 2016-yil
  2. Imom Hasan, imom Husayn masjidi. Navoiy viloyati, Nurota tumani, 2016-yil
  3. Imom Hasan, imom Husayn masjidi. Navoiy viloyati, Nurota tumani, 2016-yil
  4. Imom Hasan, imom Husayn masjidi. Navoiy viloyati, Nurota tumani, 2016-yil
  5. Imom Hasan, imom Husayn masjidi. Navoiy viloyati, Nurota tumani, 2016-yil