Kontent qismiga oʻtish

Hasan ibn Muhammad Darbandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasan ibn Muhammad Darbandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shayx, imom, hofiz

Hasan ibn Muhammad Darbandiy — (1064—yilda vafot etgan)shayx, imom, hofiz bo‘lgan.

Abulvalid Hasan ibn Muhammad ibn Ali Balxiy Darbandiy ilm talabida yurt kezib Buxoroda Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad Gʻunjor va boshqadan, Bagʻdodda Abu Husayn ibn Bishron va bu kishining tabaqasidagilardan, Damashqda iffatliligi bilan tanilgan shayx Abdurrahmon ibn Abu Nasr va boshqadan, Naysoburda Abu Zakariyo Muzakkiy va Abu Bakr Hiriydan, Basrada Abu Umar Hoshimiydan, Misrda Ibn Nazif Farrodan hadis eshitgan. Hasan ibn Muhammad Darbandiydan Abu Bakr Xatib, Abu Ali Haddod, Abu Abdulloh Faroviy, Abdulmunʼim ibn Qushayriy, Zohir Shahhomiy va boshqalar hadis rivoyat qilgan. Ibn Najjor aytgan: „Darbandiy Buxorodan Iskandariyaga safar qildi-lar. Koʻp hadis rivoyat qiluvchi, saduqlardan edilar. Biroq husnixatlari u qadar chiroyli emasdi. Hadis ilmini juda yaxshi bilmas edilar. Balxda Ali ibn Ahmad Xuzoʼiydan, Naysoburda Abu Zakariyo Muzakkiydan, Hirotda qozi Abu Mansur Azdiydan, Istirobozda Bundor ibn Muhammaddan, Basrada qozi Abu Umar Hoshimiydan, Misrda Abu Abdulloh ibn Nazifdan hadis eshitganlar“. Abdulgʻofir „Tarix“ kitobida aytgan: „Abulvalid yurt kezdilar, hadislarning sanadlari bilan bir qatorda, gʻariblarini ham oʻrgandilar“. Alloma 456/1064—yilda Ramazon oyida Samarqandda vafot etgan. Abdulgʻofir „As-siyoq“ kitobida aytgan: „Abulvalid Darbandiy soʻfiy muhaddis, hadis talabida yurt kezgan shayxlardan edilar“. Bizga Ahmad ibn Hibatulloh, u kishiga Abu Ravh Bazzoz, u kishiga Zohir, u kishiga Abulvalid Hasan ibn Muhammad, u kishiga Abulqosim Hasan ibn Muhammad Anboriy, u kishiga Muhammad ibn Ahmad ibn Misvar xabar berdilar. U kishiga Miqdom ibn Dovud, u kishiga Ali ibn Maʼbad, u kishiga Ismoil ibn Jaʼfar roviy Amr ibn Abu Amrdan, u kishi Abdulloh ibn Abdurrahmon Ashhaliydan, u kishi Huzayfadan aytib berganlar: "Paygʻambar (s.a.v.): „Jonim Uning qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, albatta, yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Agar buni qilmasangizlar, tezda Alloh taolo Oʻzining bir azobini yuboradiki, soʻngra duo qilsangiz ham, sizlardan qabul qilmaydi“, — dedilar"[1].





  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  1. Шамсиддин Заҳабий. Сияру аълами-н-нуба-ла. Ж.18. – 297; Имом Шамсиддин Заҳабий. Сияру аъламин нубало. Машҳур даҳолар сийрати. Таржимон А. Иноятов. – Б. 191.