Hasanboy Burxonov
Hasanboy Burxonov | |
---|---|
Hasanboy Burxonov YXHTning Vena Hofburg Kongress markazidagi yig‘ilishida. 2022-yil 19-iyul | |
Tavalludi |
14-dekabr 1970 |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | F. E. Dzerjinskiy nomidagi Xarkov yuridik instituti (tugallanmagan) |
Kasbi | jamoat arbobi, siyosatchi |
Dini | Islom, sunnizm |
Hasanboy Burxonov (1970-yil 14-dekabr, Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — nogironigi boʻlgan shaxslarning huquq va erkinliklari himoyachisi, jamoat va siyosat arbobi[1]. Oʻzbek muxolifati yetakchilaridan biri va „Erkin Oʻzbekiston“ siyosiy muxolifat harakatining asoschisi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasanboy Burxonov 1970-yil 14-dekabrda O‘zbekiston SSR Namangan viloyatida tavallud topgan. Jismoniy imkoniyati cheklangan inson. Toʻqqiz oyligida u poliomiyelitga chalingan, buning natijasida harakatlanish uchun yordamchi vositalaridan foydalanadi[3]. 1986-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahridagi 100-sonli umumtaʼlim maktab-internatini tamomlagan. 1990-yilning iyun oyida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasida Mixaylov Iqtisodiyot kollej-internatini tamomlab, F. E. Dzerjinskiy nomidagi Xarkov yuridik institutining sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilinadi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasanboy Burxonov mehnat faoliyatini 19 yoshida Namangan viloyatidagi SSSR Gossnab tizimida marketing bo‘yicha muhandis sifatida boshlagan.
1993-yilning bahorida, yaʼni 22 yoshida „Angel“ xususiy kompaniyasiga asos solgan. Hasanboy Burxonov ijtimoiy faoliyatining boshlanguniga qadar bir qancha tijorat tuzilmalarida ishlab kelgan.
Jamoatchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil oxirida Hasanboy Burxonov, 1991-yil 22-yanvarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Mahkamasining Islom Karimov imzolagan 18-sonli Qarori bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati (OʻzNJ) tizimiga ishga taklif qilinadi[4].
2006—2008-yillarda O‘zNJning „Texnokomtrade“ sho‘ba korxonasi direktori;
2007—2012-yillarda O‘zNJning Toshkent shahar bo‘limi raisi;
2009—2012-yillarda O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2009-yilda Burxonov tomonidan „O‘zbekiston nogironlar jamoat fondi“ tashkil etilgan bo‘lib, fond O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yilning 28-avgust sanasida 708-raqamda davlat ro‘yxatiga olingan.
Jinoiy ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda Toshkent shahar prokuraturasi Burxonovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atadi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 167-moddasi 3-qismi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan nazarda tutilgan qilmishlar boʻyicha ayblovlar qoʻyilgan[5][6]. Burxonov ustidan olib borilgan sud jarayonlari 3,5 yil davom etadi va bu jamoatchilik eʼtiborini ham oʻziga tortadi[7][8][9][10][11].
Sud majlislarida qatnashgan va Burxonov ishini koʻzdan kechirgan huquq himoyachilari hamda AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari vakillarida Toshkent shahar prokuraturasining Burxonovga qoʻygan ayblovlari haqqoniyligiga katta shubha bilan qarashadi[12]. Burxonov ishi AQSh Davlat departamenti va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2012-yilgi Inson huquqlari boʻyicha global hisobotda qayd etilgan[13][14].
Siyosiy emigratsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayotiga real xavf tahdid sola boshlaganidan soʻng, 2012-yilning kuzida Hasanboy Burxonov Oʻzbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana soʻraydi. Uning arizasini ko‘rib chiqilib, Uning arizasi ko‘rib chiqilib, 2013-yil 14-noyabrda Federal Migratsiya va Qochqinlar Boʻyicha Boshqarmasi (BAMF — Bundesamt für Migration und Flüchtlinge) Germaniya Konstitutsiyasining 16 „a“ bandiga muvofiq Hasanboy Burxonovga siyosiy boshpana beradi[15][16][17].
Muxolifat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emigratsiya davrida ham Hasanboy Burxonov oʻzining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini davom ettirib, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Hasanboy Burxonov va uning safdoshlari „Erkin Oʻzbekiston“ siyosiy muxolifat harakatini tuzib, ommaviy tadbirlar, namoyishlar, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, norozilik namoyishlarida qatnashib[18][19][20][21], ularda soʻzga chiqadi va oʻz mintaqasining dolzarb muammolarini[22][23] koʻtargan holda ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beradi[24][25]. Shuningdek, uning faoliyatiga qiziqish bildiradigan ommaviy axborot vositalariga muntazam ravishda intervyu berib kelmoqda[26][27][28][29][30][31].
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2020-yildagi saylovni monitoring qilish chog‘ida, Burxonov germaniyalik kuzatuvchini pora olganlikda ayblaydi[32].
2019-yil sentabr oyida YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Varshavadagi yig‘ilishida ishtirok etar ekan, Burxonov, Oʻzbekiston kuch ishlatar tuzilmalardan, sodir etgan jinoyatlari uchun Shavkat Mirziyoyevni hibsga olishni talab qilgan edi. Aynan shu anjumanda, Yevropa Ittifoqi va AQSh hukumatiga o‘zbek muxolifati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilish taklifi bilan chiqadi[33]. O‘zbekiston Milliy axborot agentligida „Namanganlik firibgarning Varshavadagi vasvasasi“ (Namangan firibgarining Varshava isteriyasi) rukni ostidagi maqola[34] eʼlon qilinishi O‘zbekiston rasmiylarining O‘zbekiston rasmiylarining Burxonovning bu va boshqa YXHTdagi chiqishlariga munosabati bo‘ldi. Maqolada Burxonov qanday qilib davlatga 59 million so‘m miqdorida zarar yetkazgani va jinoiy javobgarlikdan qutulish, shuningdek, Germaniyada siyosiy qochqin maqomini olish maqsadida O‘zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevga tuhmat qilgani aytiladi. Nashrning yakuniy qismi quyidagi jumlalar bilan yakunlanadi: „ U zudlik bilan Oʻzbekistonga ekstradatsiya qilinishi lozim! Boshqacha boʻlishi mumkin emas!!!“
Internet tarmoqlarida bundan tashqari ham Burxonov haqidagi shu kabi mazmunda yozilgan maqolalar mavjud[35][36].
2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng, xalqaro yig‘ilish va konferensiyalarda nutq so‘zlagan Hasanboy Burxnov bir necha bor YXHT mintaqasi davlatlariga Rossiyani terrorchi davlat sifatida tan olishni tavsiya qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Инвалид детства готовится к одиночному кругосветному автопробегу“. 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
- ↑ „Узбекистан: немецкого наблюдателя на выборах обвиняют в получении взятки“. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Хасанбой Бурханов: Я хочу жить!“. 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
- ↑ „Постановление Кабинета Министров при Президенте Узбекской ССР от 22.01.1991 г. N 18 "О создании Узбекского общества инвалидов" | Sotsialnaya zaщita naseleniya | Pensii. Posobiya. Sotsialnaya zaщita | Zakonodatelstvo RUz | NRM.uz“. nrm.uz. 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Уголовное дело Бурханова. - ERKIN OZBEKISTON“ (2022-yil 1-avgust). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Президенту, которому верю“. UzMetronom.Agency (0001-yil 30-noyabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Nogironlar jamiyati atrofida kechayotgan mojarolar“.
- ↑ „Все остается по-прежнему…“. UzMetronom.Agency (0001-yil 30-noyabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Хасанбой Бурханов: «С беззаконием буду бороться до конца»“. Фергана.Ру. 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Узбекистан: Продолжается судебное преследование инвалида детства“. Фергана.Ру. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Nogironlar jamiyati atrofida kechayotgan mojarolar. 18.07.2012“ (uz). 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Узбекистан: Суд над инвалидом загнан в тупик“. Фергана.Ру. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Uzbekistan“. U.S. Department of State. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ Commonwealth and Development Office (formerly FCO) UK Foreign. „Human Rights and Democracy: The 2011 Foreign & Commonwealth Office Report - Quarterly Updates: Uzbekistan“ (en). http://fcohrdreport.readandcomment.com/human-rights-in-countries-of-concern/uzbekistan/quarterly-updates-uzbekistan/?showall=1 (2012-yil 31-dekabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Основатель движения - ERKIN OZBEKISTON“ (ru) (2022-yil 6-iyul). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Лицемерие официального Ташкента“. 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Узбекистан: ЕС должен настаивать на прекращении гонений на независимые голоса гражданского общества. 28.10.2013“. 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „БДИПЧ ОБСЕ - 2018 в Варшаве. 10-21 сентября 2018 год“ (ru-RU). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „ОБСЕ - 2019 в Варшаве. 16-27 сентября 2019 год“ (ru-RU). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Human Dimension Seminar 2021“. webcache.googleusercontent.com. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Варшавская конференция ОБСЕ по человеческому измерению. Город Варшава, 26 сентября - 7 октября 2022 года“. 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ „Имитационный режим Мирзияева“ (ru-RU). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Санкции против клана Мирзияева“ (ru-RU). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „ВИДЕО: На ОБСЕ потребовали арестовать Шавката Мирзиёева » The Asia Times - события в Азии и в мире: темы дня, фото, видео, инфографика.“. asia-times.org. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Требуем отмены референдума“ (ru-RU). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Как центральноазиатские автократии помогают выживать режиму Путина.“.
- ↑ „Хасанбой Бурханов: «Проблемы инвалидов не решатся, пока жива коррупция»“. Фергана.Ру. 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Инвалидность и беспомощность. Всемирный банк поставил под сомнение статистику по лицам с инвалидностью в Узбекистане“ (ru). Радио Озодлик. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „«Потеря Узбекистана приведет к территориальному расколу России»“ (ru). charter97.org. 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Протесты в Узбекистане — разработка Кремля / Хасанбой Бурханов / Каракалпакстан“ (ru-RU). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Война и мир: Как связана война с Украиной и события в Средней Азии?“ (ru-RU). 2022-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Узбекская оппозиция, разоблачив взяточника-немца, нарвалась на судебный иск“.
- ↑ „Смелое выступление узбекского оппозиционера. 26.09.2019“. 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Наманганлик фирибгарнинг Варшавадаги васвасаси“ (uz). 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Кто мечтает разжечь очередной костер «специальной операции» в одной из центрально-азиатских стран?“. 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Варшавада Шавкат Мирзиёевга туҳмат қилган наманганлик, аслида, ким?“ (uz). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.