Haska Meyna masjidi portlashi
Haska Meyna masjidi portlashi (Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilgacha Afgʻoniston islom respublikasi) Nangarhor viloyati, Haska Meyna tumani) 2019-yilning 18-oktyabr kuni sodir etilib, portlash natijasida masjidda kamida 73 nafar namozxon halok boʻlgan[1]. Hujum oqibatida yana oʻnlab kishilar turli darajada jarohatlangan. Biroq hech qaysi guruh ushbu voqeaga nisbatan javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan[2].
Hujum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haska Meyna tumanidagi Javdara qishlogʻida joylashgan Haska Meyna masjidida oʻqiladigan juma namozi vaqtida bomba portlashi sodir boʻlgan. Oʻsha paytda masjidga juma namozida ishtirok etish uchun yuzlab odamlar tashrif buyurgan. Bomba portlashi natijasida 72 kishi halok boʻlgan, kamida 36 kishi turli darajada jarohat olgan[3]. Portlash masjid tomining qulab tushishiga sabab boʻlgan, shu sababli koʻplab jasadlar vayronalar ostida qolib ketgan[4][5]. The New York Times gazetasining xabar berishicha, portlash erkaklar namozi vaqtida masjidga kirib, portlovchi moddalarni portlatgan xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan[6].
Portlash qurbonlari orasida qishloqdagi yagona shifokor Muhammad Aref va uning bir necha oila aʼzolari, shuningdek, 23 nafar oʻsmir va bolalar ham boʻlgan. Bundan tashqari hujum oqibatida ikki oʻqituvchi halok boʻlgan[7].
Mas’uliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uyushtirilgan ushbu hujum uchun javobgarlikni hech qaysi guruh oʻz zimmasiga olmaydi[8]. Tolibon masjidning portlashi va qulashiga hukumatning minomyot hujumi sabab boʻlganini daʼvo qilgan holda ushbu ayblovni rad etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Afghanistan mosque bombing kills 62 worshippers“ (2019-yil 18-oktyabr).
- ↑ „Blasts in Afghanistan mosque kill scores of worshippers“. Al Jazeera English. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Bombing at Afghanistan mosque kills at least 60“. UPI. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Explosions At Mosque Kill At Least 62 People In Afghanistan“. NPR.org. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Mosque bombing kills 62 people in eastern Afghanistan“ (en). The Guardian. Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Afghan Village of 70 Families Faces Ruin With Mosque Massacre“. The New York Times. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Afghan Village of 70 Families Faces Ruin With Mosque Massacre“. The New York Times. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Blasts in Afghanistan mosque kill scores of worshippers“. Al Jazeera English. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.