Hazrati Sulton maqbarasi
Hazrati Sulton maqbarasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | maqbara |
Joylashuvi | Koʻhsor mahallasi Shut qishlogʻi |
Manzili | Kitob tumani |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°50′20″N 67°23′16″E / 39.83895°N 67.38781°E |
Egasi | Davlat mulki |
Hazrati Sulton maqbarasi — Qashqadaryo viloyatida Kitob tumanidagi Koʻhsor mahallasi Shut qishlogʻi hududida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (12—13-asrlar). Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarga koʻra, Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi. „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021-yil 24-fevraldagi „Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“ gi qarorga koʻra Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1]
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hazrati Sulton maqbarasining qadimiy qismi uzun goʻrxonadan iborat boʻlib, keng ravoqli yoʻlak orqali gumbazli ziyoratxonaga oʻtiladi. Ziyoratxonaga 3 ta goʻrxona tutashib ketgan. Maqbara 16—18-asrlarda qayta tiklangan[2].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hazrati Sulton maqbarasi Oʻzbekistonning eng baland choʻqqisi boʻlgan Hazrati Sulton choʻqqisi (balandligi 4163 metr) da joy olgan. Oqsuv daryosi shu togʻdan boshlanadi.
Hazrati Sulton qadamjosi Shahrisabzning Kitob tumanidan 82 chaqirim shimoli-sharqda joy olgan. U Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan hududdagi Zarafshon va Hisor tizmalarining ayrilish joyida qad rostlagan gava choʻqqisiga tutashib ketadi.
Hazrati Sulton maqbarasi Oʻzbekiston hududidagi dengiz sathidan eng balandda joylashgan ziyoratgoh hisoblanadi. U dengiz sathidan 4067 metr balandlikda joy olgan. Shu sababli ham ziyoratgohga chiqish bir mucha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shunga qaramay insonlar hanuzgacha ziyoratgohga tashrif buyurishadi[3].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hazrati Sulton maqbarasi va togʻi xalq orasida „Koʻhi tavba“, „Avgʻoyi qiyomat“ nomlari bilan ham mashxur[4]. Shuningdek, togʻ choʻqqisi haqida xalq orasida bir qator rivoyatlar mavjud boʻlib, choʻqqi ilohiy kuchga egaligi sababli ham u yerga chiqish va tasvirga olish juda qiyinligiga ishoniladi.
Taʼmirlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara 1895-yilda qayta taʼmirlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Hazrati Sulton maqbarasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit — Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 608-bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ICHKI VA ZIYORAT TURIZMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ "Hazrati Sulton maqbarasi" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Святыня Хазрат Султан. Кашкадарьинская область“. you tube. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |