Kontent qismiga oʻtish

Hazratishoh (Namangan)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hazratishoh – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan qishloq.

Jugʻrofiy joylashuv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazratishoh qishlogʻi Chortoq tumanining eng chekka qishlogi boʻlib, sharq va shimol qismi Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Axsi tumani bilan, gʻarbiy qismi Yangiqoʻrgon tumanining Poramon hududi bilan chegaradosh.

Hazratishoh qishlogʻida Hazratishoh, Zangobod va Turiq MFY lar birikib,1700 ga yaqin xonadonida 8000 nafar atrofida aholi istiqomat qiladi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqning nomlanishi haqida bir qancha rivoyatlar mavjud. Aytishlaricha, Said Abdullo Qalandar at-Termiziy yaʼni Said Abdullo ismli shaxsmilodning taxminan 7-asrida Termiz shahrida hukmronlik qilgan yillarida, unga podsholikdan voz kechish daʼvat qilinadi. U shu taklifga binoan turli ustozlardan taʼlim oladi, komilikka erishib, shu qishloqqa kelib yashay boshlaydi. Bu insonning zehni va aql-zakovati kuchliligi sabab uni yerlik aholi „Hazratishohim“ deb hurmat bilan chaqiradilar. Qishloq nomi shu tariqa Hazratishoh nomini olgan[1].

  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 105-106-bet.