Kontent qismiga oʻtish

Heinrich Cornelius Agrippa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nettesheimlik Henri Cornelius Agrippa
Tavalludi 1486-yil 14-sentabr
Kyoln, Kurrhein tumani, Muqaddas Rim imperiyasi
Vafoti 1535-yil 18-fevral
Grenobl
Fuqaroligi Germaniya
Kasbi Munajjim, huquqshunos, astronom, yozuvchi, faylasuf, shifokor, ilohiyotchi, alkimyogar, huquqshunos, okkultist
Dini nasroniy

Heinrich Cornelius Agrippa – Nettesheymlik Agrippa, haqiqiy ismi Geynrix Kornelius fon Nettesheim. 1486-yil 14-sentyabr, Kyoln, Muqaddas Rim imperiyasida tugʻilgan. 1535-yil 18-fevral kuni Fransiyaning Grenobl shahrida olamdan oʻtgan. Nemis gumanisti, shifokor, alkimyogar, faylasuf, okkultist, munajjim va huquqshunos. Agrippa tahallusini oʻzining tugʻilgan shahri Kyoln asoschisi sharafiga olgan[1].

Nettesheimlik Agrippaning asosiy asari – „Maxfiy falsafa toʻgʻrisida“ boʻlib, u 1531-1533 yillarda nashr etilgan. Ushbu kitob „okkultizm“ atamasini yaratuvchisi fransuz Elifas Levining doimiy mutoola qiladigan kitobi boʻlgan. Ushbu uch qismli asarda, sexrning uch xil ketma-ketligi tavsiflangan: tabiiy sehr, samoviy sehr va marosim sehrlari. Aynan shu asar qisman Agrippaning „jodugar“, „sehrgar“ kabi atashlariga sabab boʻlgan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agrippa sarguzashtlarga toʻla hayot kechirgan, Italiya, Fransiya, Germaniya, Flandriya va Angliyaning turli shaharlarida homiy izlab, avval harbiy xizmatchi, professor, huquqshunos, amaliyotchi shifokor, tarixshunos va boshqa lavozimlarda ishladi.

Avvaliga u Franche-Kont shahridagi Doledagi ilohiyot maʼruzalari bilan eʼtiborni tortdi, ammo oʻzining kaustik satiralari bilan rohiblarni oʻziga qarshi qilib qoʻydi va uning qarashlari bid’atdek koʻrildi. Angliyaga koʻchib oʻtish uchun bu shaharni tark etishga majbur boʻldi. Shundan soʻng, bir muncha vaqt Kyolnda ilohiyotdan dars berib, Italiyaga sayohat qildi, u yerda esa harbiy xizmatga kirganidan soʻng, kapitan va ritsar unvonini oldi[2].

U doʻstlar bilan birgalikda koʻpkina dushmanlar ham orttirdi, buning natijasida uni „qora afsungar“ deb atay boshlashdi.

Oʻzining „Dunyoviy sanʼat va fanlarning ishonchsizligi va behudaligi toʻgʻrisida“gi („De incertitudine et vanitate scientiarum“ kitobini 1527-yilda) mashhur essesi, shuningdek, „Sirli falsafa“ risolasi uchun („De Occulta Philosophia“) Karl V tomonidan ayblangan. Shundan soʻng Agrippa Lionga qochib ketgan, ammo u yerda hibsga olingan. Doʻstlarining iltimosi bilan ozodlikka erishib, u Fransiyaning Grenobl shahriga koʻchib oʻtdi va umrining oxirigacha u yerda yashadi. U yana bir qancha katta-kichik risolalar, paradoksal va keng koʻlamli qimmatbaxo qoʻlyozmalar qoldirgan[3].

Zamondoshlari uni "Doktor Faust" kabi qora sehrgan timsolida koʻrgan. Shunday qilib, u yozgan demonologiyaga oid kitoblar oʻz yozuvchisini oʻldirish kuchiga ega deb oʻylashgan. Genri Morli, oʻz jonini Shaytonga sotgan Agrippani oʻz uyida keyinchalik uni jonini yer osti dunyosiga olib ketgan iblis-iti borligini takrorlagan.

Farazlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

U gumanistlar Reuchlin va Rotterdamlik Erazm bilan yaqin edi. Ular birgalikda izlanuvchanlik, mustaqil fikrga ega boʻlib, fanatizm va xurofotlarga qarshi kurashganlar. Biroq, Agrippa oxirigacha gumanizm yoki reformatsiya tarafini aniq tanlamadi[4].

Oʻzining farazalari tufayli u koʻplab dushmanlar orttirdi va ayniqsa cherkov hamda dunyoviy hokimiyat tomonidan qayta-qayta taʼqiblarga uchradi. Agrippa katta jasorat bilan „jodugar“ deb atalgan tahallusini oqlashga erishdi. Uning dunyoqarashi koʻp jihatdan oʻsha davrga xos mistik ohanglarni oʻzida mujassam etgan, lekin shu bilan birga, u zamonaviy ilm-fanga tanqidiy munosabatda boʻlgan. Agrippa „Yashirin falsafa toʻgʻrisida“ degan boshqa asarida sehr-jodu tizimini batafsil bayon qiladi. Biroq asarda ham oʻz nuqtai nazari noaniq, baʼzi yozishmalardan xulosa qilish mumkinki, uning oʻzi sehr-joduning ahamiyatini inkor etgan, bu eʼtiqodga koʻplab maʼrifatli zamondoshlari sherik boʻlgan.

Adabiyotdagi eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kristofer Marloning "Doktor Faustning fojiali tarixi" pyesasida, 1-pakt 1-sahnada bosh qahramon sehrli sanʼat ustasi namunasi sifatida tilga olinadi: „Men Agrippa bilan tengman, men soyalar ustidan hokimiyat uchun Yevropada shuhrat qozonganman.“
  • Agrippa Gyoteni „Faust“ tragediyasini yaratishga ilhomlantirgan shaxslardan biridir.
  • Meri Shellining "Frankenshteyn yoki zamonaviy Prometey" romanida bosh qahramon asarlarini oʻrgangan mualliflar orasida tilga olingan.
  • Kornelius Agrippa – Vera Jelixovskayaning „Kechirim va tinchlik kechasi“ fantastik hikoyasining qahramoni, Agasferning unga qanday tashrif buyurgani haqida.
  • Valeriy Bryusovning „Olovli farishta“ romanida u muhim qahramonlardan biri.
  • Agrippaning „Yashirin falsafa toʻgʻrisida“ kitobidagi fikri Umberto Ekoning „Fuko mayatnik“ ikkinchi romaniga epigraf sifatida olingan.
  • Denis Gerberning „Quyoshda turgan farishta“ romanida Agrippa bosh qahramonga „in peius, in melius“ paroli bilan eslatma beradi, buning yordamida u cherkov tomonidan taqiqlangan kitoblarni sotib olishi mumkin boʻlgan.

Kompyuter oʻyinlarida eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geynrix Kornelius Agrippa – Amnesia: The Dark Descent oʻyinining asosiy qahramonlaridan biri boʻlib, uning oxirlaridan biri bilan bogʻliq. Oʻyin 1839-yilda boʻlib oʻtadi va Agrippaning hayoti oʻyinning asosiy antagonisti Aleksandr Brennenburgning „hayot eliksiri“ tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Agrippa, Heinrich Cornelius. Dictionary of Gnosis and Western Esotericism.. Koninklijke Brill., 2006 — 4-6 bet. ISBN ISBN 978-90-04-15231-1. 
  2. Агриппа Неттесгеймский // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона, 1890—1907 — 86 bet. 
  3. Morley.. Henry Cornelius Agrippa: The Life of Henry Cornelius Agrippa von Nettesheim : в 2 томах.. London: Chapman & Hall., 1856. 
  4. Ж. Ф. Орсье.. Агриппа Неттесгеймский: Знаменитый авантюрист XVI в.. Томск, Водолей., 1913. ISBN ISBN 5-7137-0037-2. 

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Agrippa G. K. O nenadyojnosti i tщete mirskix iskusstv i nauk / Per. s lat., komment. i vstup. statya D. A. Zelenina. – SPb.: Tsentr sodeystviya obrazovaniyu, 2023. – 492 s.
  • Agrippa Nettesgeymskiy // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • Morley, Henry Cornelius Agrippa: The Life of Henry Cornelius Agrippa von Nettesheim : v 2 tomax. – London: Chapman & Hall. – 1856.
  • J. F. Orse. Agrippa Nettesgeymskiy: Znamenitiy avantyurist XVI v. = Agrippa Nettesgeymskiy / Perevod Bronislavi Runtʼ pod redaksiey Valeriya Bryusova. – M.: Musaget, 1913. – 109 s. Pereizdano v 1996 g., Tomsk, Vodoley, s. 95, ISBN 5-7137-0037-2