„Hello Toshkent, salam Toshkent“ sud ishi
„Hello Toshkent, salam Toshkent“ sud ishi | |
---|---|
Soha | jinoyat ishi |
Oʻtkazilgan joyi | Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani sudi[1] |
Boshlanish sanasi | 2024-yil 16-may[2] |
Tugash sanasi | 2024-yil 11-yanvar |
Qatnashuvchilar | Hello Toshkent va Salam Toshkent telegram guruhlari adminstratorlari: Sh. I, B. S. va V.X[3] |
Hello Toshkent, salam Toshkent sud ishi – Telegramda „Hello Tashkent, salam Tashkent“ nomli kanal hamda guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi videotasvirlarni joylashtirib kelgan guruh ustidan ochilgan jinoiy ish[1].
Tergov
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil may oyida IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegramda „Hello Tashkent, salam Tashkent“ nomli kanal hamda guruhlarni tashkil etib, ularga fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi videotasvirlarni joylashtirib kelgan guruh aniqlangan. Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi „v“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida vaqtincha qamoqqa olindi[4]. Guruh aʼzolari videodagi insonlarni materiallarini internet tarmoqlaridan olib tashlash va videoni oʻchirib yuborish uchun pul undirganligi ham maʼlum qilingan[4].
Mazkur guruh tashkilotchilari, qiziqqon foydalanuvchilarni ayol-qizlarning intim surat va videolari joylangan telegramdagi VIP chatga 100—500 ming soʻm evaziga qoʻshishgan[2][5][3].
Sud ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jinoyat ishi 2024-yilning 11-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudining sudyasi J.Saidov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqilgan[6]. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidovxabar bergan[4].
Oliy sud ularga nisbatan chiqarilgan sud hukmini eʼlon qilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida Jinoyat kodeksining 130-moddasi (pornografik mahsulot tayyorlash, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) 2-qismi „b“ bandi, 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi „a“, „g“ bandlari, 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi, 141-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) 2-qismi „b“, „v“ bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi „a“, „v“ bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan guruh aʼzolariga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud hukmi eʼlon qilingan[1][7][8].
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq guruh aʼzolariga 3 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan[6][9][10].
Oliy sud saytidagi maʼlumotlarga koʻra, jabrlanuvchilar 62 nafarni tashkil etgan, ulardan 55 nafari ayol-qizlardir[3].
Ish boʻyicha, dastlab 6-7 kishi hibsga olingan boʻlsa-da, 3 nafar shaxs – Sh. I, B. S. va V. X.ga nisbatan sud ishi olib borilgan[3].
Guruh tomonidan rasm va videolar yuklangan telegramdagi kanal va guruhlar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi orqali bloklangan[1][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „“Hello Tashkent, salam Tashkent” kanali adminlariga sud hukmi o‘qildi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Telegram’даги Hello Tashkent, salam Tashkent канал админлари қўлга олинди — видео“. https://bugun.uz. Bugun.uz. Qaraldi: 2024-yil 29-may.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Создателей Hello Tashkent приговорили к срокам“. https://anhor.uz. Anhor.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „Toshkentda ikkita Telegram kanali administratorlari qamoq jazosiga hukm qilindi“. https://uz.kursiv.media. Kursiv media. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „"Hello Tashkent, salam Tashkent" telegram-kanali adminlari qo`lga olindi (video)“. https://darakchi.uz. Darakchi. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ 6,0 6,1 „"Hello Tashkent" kanali adminlari qamaldi“. https://zamon.uz. Zamon.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „Telegram’да Hello Tashkent, salam Tashkent каналларини ташкил қилганларга суд ҳукми ўқилди“. https://bugun.uz. Bugun.uz. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „Hello Tashkent, salam Tashkent номли Telegram-канали админларига суд ҳукми ўқилди“. https://uznews.uz. Uznews. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „HELLO TASHKENT, SALAM TASHKENT НОМЛИ TELEGRAM-КАНАЛИ АДМИНЛАРИГА СУД ҲУКМИ ЎҚИЛДИ“. https://yangiliklar24.net. Yangiliklar24. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „Администраторы Telegram-каналов Hello Tashkent, Salom Tashkent сядут в тюрьму“. https://nova24.uz. Nova24. Qaraldi: 2024-yil 18-may.