Kontent qismiga oʻtish

Herring tanachalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Herring tanalari yoki neyrosekretor tanalar neyrogipofizda joylashgan aksonlarning kengaygan (anevrizmalangan) tuzilmalaridir. Ular gipotalamusdan chiqqan aksonlarning terminal kengaygan uchini ifodalaydi va bu kengaymalarda garmonlar vaqtincha saqlanadi. Ular neyrosekretor terminallardir.[1] Antidiuretik garmon (ADH) va oksitotsin Herring tanachalarida saqlanadi, lekin bir vaqtning oʻzida bir akson kengaymasida saqlanmaydi.[2] Bundan tashqari, har bir Herring tanasida ATF va bir turdagi neyrofizin ham mavjud.  Neyrofizinlar bogʻlovchi oqsillar boʻlib, ularning ikkita turi mavjud: oksitotsin va ADH bilan bogʻlanadigan neyrofizin I va neyrofizin II. Neyrofizin va neyrogipofiz gormonlari bitta protein hisoblanadi va neyrogipofizda saqlanadigan kompleksni hosil qiladi. Gipotalamus tomonidan sintezlangan garmonlar, tegishli stimullar taʼsirida sekretor granulalar tarkibida qon oqimiga chiqariladi. Supraoptik yadrolarning akson tolalari kengaymasida (Herring tanachasida) ADH garmoni saqlansa, oksitotsin garmoni paraventrikulyar yadro aksonlari kengayalarida (Herring tanachalarida) saqlanadi[3]. Ushbu anatomik tuzilma birinchi marta 1908-yilda Percy Theodore Herring tomonidan tasvirlangan.

Percy Herring

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Percy Theodore Herring (1872-yil 3-noyabr - 1967-yil 24-oktabr) shifokor va fiziolog boʻlib, gipofizning orqa qismidagi akson anevrizmalarini (Herring tanachalarini) birinchi boʻlib tavsiflagani bilan mashhur.

U 1872-yil 3-noyabrda Angliyaning Yorkshir shahrida Edmund Xerring oilasida dunyoga kelgan. U yoshligida oilasi bilan Yangi Zelandiyada yashagan va shu yerda oʻqigan. Percy Herring Yangi Zelandiyaning "Otago universiteti"da tibbiyot fakultetida tahsil oldi va ilmiy daraja olish uchun Shotlandiyaga qaytib keldi. 1896-yilda "Edinburg universiteti"ni MB diplomi bilan tyakunladi. 1898-yildan 1899-yilgacha u "Qirollik Tibbiyot Jamiyati"ning prezidenti boʻlgan.[4] U 1899-yilda [5] "Edinburg universiteti"ning oltin medali bilan doktorlik darajasini oldi. 1908-yildan 1948-yilgacha u Shotlandiyadagi Sent-Endryus universitetining tibbiyot fakultetida tibbiyot va fiziologiya kafedrasi lavozimida ishlagan, shu vaqt ichida u 1908-yilda hozirgi Herring tanachalari deb nomlanuvchi anatomik tuzilmalarni tasvirlab bergan. U 1916-yilda Edinburg Qirollik jamiyatining aʻzosi etib tayinlangan, uning tavsiya qilgan olimlar Edvard Albert Sharpey-Schafer, Jeyms Uoker, Kargill Gilston Knott va Jeyms Xartli Esvort edi. Xuddi shu yili u Edinburgdagi Qirollik shifokorlar kollejining aʼzosi etib saylandi.  U 1934-yildan 1937-yilgacha Edinburg Qirollik jamiyati vitsaprezidenti lavozimida ishlagan.[6] U Sent-Endryus universiteti tomonidan faxriy LLD bilan taqdirlangan. Percy Herring 1967-yil 24-oktyabrda Sent-Endryusdagi bogʻida joylashgan uyida vafot etdi.[6]

  1. Kwang W. Jeon (18 August 2005). International Review of Cytology: A Survey of Cell Biology. Gulf Professional Publishing. pp. 143–. ISBN 978-0-12-364649-1. Retrieved 26 May 2011.
  2. Histology at KUMC endo-endo08
  3. Mescher, Anthony L. (2013). Junqueira's Basic Histology: Text and Atlas (13th ed.). McGraw-Hill Medical. ISBN 978-0071780339.
  4. "Herring, Percy Theodore, (1872 - 24 Oct. 1967), Professor Emeritus, St Andrews University | WHO'S WHO & WHO WAS WHO". www.ukwhoswho.com. doi:10.1093/ww/9780199540884.013.u57192. ISBN 978-0-19-954089-1. Retrieved 27 January 2019.
  5. Herring, Percy Theodore (1899). "Malpighian bodies of the kidney: a study on their development, comparative anatomy, and pathology". Edinburgh Research Archive. hdl:1842/21302. Retrieved 25 April 2017.
  6. 6,0 6,1 Biographical Index of Former Fellows of the Royal Society of Edinburgh 1783 – 2002 (PDF). The Royal Society of Edinburgh. July 2006. ISBN 0-902-198-84-X.