Kontent qismiga oʻtish

Hikmatilloh To‘rayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hikmatilloh Toʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Hikmatilloh Dostonovich Toʻrayev
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 25-may 1995-yil (1995-05-25) (29 yosh)
Oʻzbekiston
Vazni 73 kg gacha
Sport
Qaysi sport dzudo
Sport mukofotlari
Dzudo bo'yicha Osiyo chempionati
Bronza Fujayra 2019 73 kg
Jahon Harbiy oʻyinlari
Oltin Uxan 2019 73 kg

Hikmatilloh Dostonovich Toʻrayev (tugʻ. 1995-yil 25-may, Oʻzbekiston)[1] — oʻzbek dzudochi, 73 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2019-yilda Jahon Harbiy oʻyinlari chempioni, Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori, Gran-pri gʻolibi va sovrindori, „Katta dubulgʻa“ turnirlari sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi.

1995-yil 25-mayda Hikmatilloh Toʻraev tugʻilgan.[2]

2015-yilda Orenburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borgan. Oʻsha yili Chirchiqda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2016-yilda Tyumenda (Rossiya) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻlgan. 2017-yilda Toshkentdagi Gran-prida bronza medalini qoʻlga kiritgan.[3]

2019-yilda Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida 73 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.[4] 2019-yili Fujayrada (BAA) oʻtkazilgan dzudo boʻyicha Osiyo chempionatida Hikmatilloh 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[5] Oʻsha yili Neapolda (Italiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada u erkaklar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[1] 2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida Hikmatilloh Toʻrayev 73 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi. Birinchi jangda u misrlik Mohamed Mohieldinga yutqazib qoʻydi.[3]

2021-yil yanvar oyida Doʻhadagi (Qatar) Masters musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[6] 2021-yil iyun oyida Budapeshtdagi (Vengriya) Jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻldi.[3] 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 73 kg vazn toifasida birinchi jangda germaniyalik Igor Wandtkeni magʻlub etdi, ammo keyin koreyalik An Chang-rimga yutqazdi.[7][8]

  1. 1,0 1,1 http://universiade2019napoli.microplustiming.com/assets/pdf/JUD_CompleteResultsBook.pdf
  2. arxiv nusxasi, 2021-07-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-29
  3. 3,0 3,1 3,2 https://www.ijf.org/judoka/24510/results?results_rank_group=all
  4. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  5. http://judolive01.lb.judobase.org/www.judo-world.net/jua/continental/jua_oju_sen2019_fujairah/tta.php?tta_mode=&aktion=pdf_results&klasse=&sprache=english
  6. https://www.ijf.org/competition/2180/results
  7. https://www.olympic.uz/oz/news/904
  8. https://uzreport.news/sports/dzyudoist-hikmatilloh-turaev-zavershil-svoyo-uchastie-na-olimpiade