Hikmatlar xazinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hikmatlar xazinasi buyuk qolyozma

Hikmatlar xazinasi
Muallif(lar) Mirzaahmad Azamatov
Janr(lar)i hikmatli soʻzlar
Nashriyot „Yosh gvardiya nashriyoti“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1977
Sahifalar soni 168

„Hikmatlar xazinasi“hikmatli soʻzlar toʻplami. Toʻplam Mirzaahmad Azamatov tomonidan tuzilgan va nashrga tayyorlangan. Lugʻat va izohlarni tarix fanlari kandidati Naim Norqulov tuzgan. Kitob 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya nashriyoti“da chop etilgan.

„Hikmatlar xazinasi“ toʻplami Shoislom Shomuhamedovning „1001 hikmat“ nomli kitobi asosida tuzilgan. Ushbu toʻplamga Oʻrta Osiyoda yashab ijod qilgan shoir, olim va adiblarning hikmatli soʻzlari kiritilgan. KItobda turli mavzulardagi: ota-ona, mehr-muhabbat, yaxshilik va yomonlik, adolat, halollik, poklik va boshqa shu kabi hikmatli soʻzlar mazmuniga qarab guruhlarga boʻlib berilgan.

Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Emin Usmonov – muharrir, A. Li - rassom, Q. Aliyev - rasmlar muharriri, L. Burkina - taxnik muharrir, M. Ortiqova - musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[Ergash Ochilov hikmatlar xazinasi]