Kontent qismiga oʻtish

Hindistonda COVID-19 pandemiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindistonda COVID-19 pandemiyasi
Kasallik COVID-19
Virus shtammlari SARS-CoV-2
Joylashuv Hindiston
Birinchi holati Kerala
Aniqlangan sanasi 30-yanvar 2020-yil
Boshlanishi Uxan, Xubey, Xitoy
Tasdiqlangan holatlar 26,917
Faol holatlar 17,610
Tuzalish 5,914
Oʻlimlar
826
Rasmiy vebsayt
coronavirus.gov

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik boʻlib, Hindistonda ilk bor 2020-yil 30-yanvar kunida tarqaldi.

Epidemiyadan oldingi holat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 31-dekabr kuni Xitoy Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga nomaʼlum sabablarga koʻra pnevmoniya holatlari toʻgʻrisida xabar berdi. 2020-yil 12-yanvarda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Xubey provinsiyasida, Uxan shahrida yashovchi odamlar guruhida yangi koronavirus nafas olish kasalligi sababi boʻlganligini tasdiqladi[1][2].

COVID-19 uchun oʻlim holatlari 2003-yildagi SARS koʻrsatkichidan ancha past edi, ammo infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada oshdi va oʻlimga olib keldi[3][4][5][3]. 2021-yil aprel oyida koronavirusning toʻrtinchi toʻlqini tarqalgani eʼlon qilindi. Mamlakat rasmiylari fuqarolardan uyda qolishni va shaxsiy gigiyenaga amal qilishni soʻradilar[6].

Koronavirusning yangi shtammi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonning genom konsorsiumi 18 shtatda koronavirusning hozirda ma’lum boʻlganlaridan tashqari ikki marta mutasiyaga uchragan yana bir yangi shtammini aniqladi. konsorsium oʻz ishini boshlaganidan buyon tashvishga soladigan 771 ta variant aniqlangan. Bularning ichida 736 ta variant «britancha» shtammga, 34 ta variant «Janubiy Afrika» shtammiga, 1 ta variant «brazilcha» shtammga aloqador boʻlib chiqqan. Tekshiruvlar davomida mutaxassislar bir necha kundan buyon koronavirusga chalinish holatlari aniqlanishi boʻyicha yetakchi oʻrinni egallab kelayotgan Maharashtra shtatida yana yangi shtammni aniqlagan. Maharashtra shtatidan olingan namunalarni tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, E484Q va L452R mutasiyalari boʻlgan namunalar ulushida 2020-yil dekabr bilan taqqoslaganda oʻsish kuzatilgan. Ya’ni ikki mutasiyaning birlashishi hisobiga yangi shtamm vujudga kelgan. Bunday mutasiyalar immunitetni yengish va yuqumli kasallikning koʻpayishini ta’minlaydi. Ushbu mutasilar tahlil qilingan namunalarning taxminan 15–20 foizida qayd etilgan. Ayni paytdagi vaziyat tekshiruvlarni davom ettirish hamda sogʻliqni saqlash choralarini kuchaytirishni talab qiladi[7]

2021-yil mart oyida Hindistonda epidemiya kuchaygani sababli hukumat AstraZeneka vaksinasini boshqa davlatlarga eksport qilish ishlarini vaqtincha toʻxtatdi[8].

  1. Elsevier „Novel Coronavirus Information Center“. Elsevier Connect. 30-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  2. Reynolds, Matt. „What is coronavirus and how close is it to becoming a pandemic?“. Wired UK (4-mart 2020-yil). 5-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „Crunching the numbers for coronavirus“. Imperial News. 19-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  4. „High consequence infectious diseases (HCID); Guidance and information about high consequence infectious diseases and their management in England“ (en). GOV.UK. 3-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2020-yil.
  5. „World Federation Of Societies of Anaesthesiologists – Coronavirus“. www.wfsahq.org. 12-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  6. „Ҳиндистонда коронавируснинг тўртинчи тўлқини бошланди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 12 апрель. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)
  7. „Ҳиндистонда коронавируснинг 2 карра мутацияга учраган янги штамми аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  8. „Ҳиндистон «AstraZeneca» вакцинасини экспорт қилишни тўхтатди“. Bugun.uz. 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 март.