Kontent qismiga oʻtish

Hirot qamali (1448)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hirot qamali
Temuriylar urushlari
Pathway inside the citadel of Alexander in Herat.jpg
Hirotdagi Ixtiyoruddin qalʼasining ichki tomondan koʻrinishi
Sanalar 1448-yil bahori
Urush yeri Hirot, Afgʻoniston
Natija Samarqand temuriylari gʻalabasi
Raqiblar
Xuroson temuriylari Samarqand temuriylari
Qoʻmondonlar
Nomaʼlum amirlar Mirzo Ulugʻbek
Mirzo Abdullatif

Mirzo Ulugʻbek va oʻgʻli Mirzo Abdullatif Tarnob 1448-yil bahorida Tarnob jangidagi magʻlubiyatdan soʻng Qoʻchonga qochib ketgan jiyani Alouddavla Mirzodan Xurosonni tortib olish maqsadida Hirot tomon yurish qiladi[1]. Ular shaharni oson egallab olishdi, biroq Ixtiyoruddin va Neretu qal’alari qattiq qarshilik koʻrsatdi. Bu paytda Hirotga qoʻshinning ilgʻorlari yetib borgan edi, bu qism Ixtiyoruddin va Neretuni egallay olmadi. Boxarz tojik kamonchilari qattiq qarshilik koʻrsatib, Samarqand temuriylarining koʻplab hujumlarini bartaraf etishdi. Qamal boshlanganidan 17 kun oʻtib nihoyat Ulugʻbek yetib keldi, shundan soʻng qisqa vaqt ichida barcha qarshiliklar bartaraf etildi. Nishopurdagi vayronagarchilikdan keyin qamoqqa olingan Abdullatif Mirzo Ixtiyoriddin qal’asini egallab, u yerdagi 4000 tuman tanga miqdoridagi xazinani qoʻlga kiritdi. Ular Mashhadni egallab, gʻalabalarini davom ettirdilar. Ulugʻbek jiyanlarini taʼqib eta olmadi va oʻrniga oʻgʻli Abdullatif Mirzoni Mashhadda qoldirib, Hirotga qaytishga qaror qildi.

  1. Vasilii Vladimirovitch Barthold. Four Studies on the History of Central Asia. Brill Archive — 149-bet.