Mirzo Abdullatif
Abdullatif Mirzo | |
---|---|
Temuriylar imperiyasi amiri | |
Saltanat | 1449-yil 27-oktyabr — 1450-yil 9-may |
Oʻtmishdoshi | Mirzo Ulugʻbek |
Davomchisi | Abdullo Mirzo |
Tugʻilishi |
1420-yil |
Vafoti |
1450-yil 9-may (30 yosh) |
Turmush oʻrtogʻi | Shoh Sulton Oqo |
Uy | Temuriylar |
Otasi | Mirzo Ulugʻbek |
Onasi | Ruqiya Sulton oqo |
Dini | Islom |
Abdullatif — (1423-1450) Movarounnahrda 1449-1450-yillarda hukmronlik qilgan Temuriylar hukmdori. Ulugʻbekning oʻgʻli.
Shohrux Mirzo saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qoʻshinning oʻng qanotiga qoʻmondonlik qilgan. Gavharshodbegim va Tarxon amirlar Shohrux Mirzo oʻlimidan soʻng (1447) Abdulatifni oliy bosh qoʻmondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani taxtga oʻtqazishgan. Bu qarordan norozi boʻlgan Abdullatif Alouddavlaga qarshi urush ochgan, lekin Nishopur yaqinidagi jangda (1447) yengilib, hibsga olingan. Ulugʻbek farzandi hayotini saqlab qolish maqsadida Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Alouddavla Xuroson hukmdori deb tan olinib, Abdulatifga Balx ulusi berilgan. Abdullatif Ulugʻbekning 1448-yil ilk bahoridan yozigacha Alouddavla va Abulqosim Boburga qarshi janglarida qatnashgan. Soʻng, toj-taxtni egallash maqsadida otasiga qarshi Abulqosim Bobur bilan ittifoq tuzgan. Ulugʻbek Abdullatifga qarshi qoʻshin tortgan va Amudaryo boʻyida ikki tomon qoʻshini 3 oy muqobil turgan (1449). Samarqandda qolgan beklar isyoni tufayli Ulugʻbek poytaxtga qaytishga majbur boʻlgan, natijada Abdullatif Amudaryodan oʻtib Termiz, Shahrisabzni egallagan. Samarqand yaqinidagi Damishq qishlogʻi yonida otasini yengib, taxtni egallagan (1449). Abdullatifning roziligi bilan Ulugʻbek va ukasi — Abdulaziz Mirzo qatl etilgan. Abdullatif olti oylik hukmronligidan soʻng, Ulugʻbekning xos navkarlaridan Bobo Husayn bahodir tomonidan 1450-yil 8-mayda oʻldirilgan (). Abdulatif oʻjar, xudbin va shuhratparast boʻlsada, otasi Ulugʻbek kabi ilm axliga ixlosmand edi. U oʻzi ham falakkiyot va tarix ilmi bilan shugʻullanar, sheʼrlar bitardi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Samarqandda vafot etganlar
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- 1420-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 8-mayda vafot etganlar
- 1450-yilda vafot etganlar
- Kishilar
- Tarixiy shaxslar
- Oʻzbekiston tarixi
- Temuriylar
- 1423-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda dafn etilganlar
- Hirot kishilari