Hisor arvohkapalagi
Hisor arvohkapalagi | |
---|---|
erkak | |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
Sinf: | Hasharotlar |
Turkum: | Kapalaklar |
Oila: | Kapalaklar |
Urugʻ: | Acosmeryx |
Binar nomi | |
Acosmeryx naga hissarica Shchetkin, 1956 |
Hisor arvohkapalagi[1][2](Acosmeryx naga hissarica) — bu tungi kapalak arvohkapalaklar (Sphingidae) oilasiga mansub boʻlib, kobra arvohkapalagining kichik turiga kiradi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu yirik kapalak, viqorli, tanasi uchi va kalta qanotlari oldinga boʻrtib turganligi bilan xarakterlanadi. Qanoti yoyilganda 82-103 mm.ni tashkil etadi. Asosiy tepa qanoti jigarrang-qoʻngʻir tusda boʻladi[3].
Old qanotining tepa qismi marmar naqshning oʻxshashligini yaratadigan to'q jimjimador chiziqlar mavjud. Qorin boʻshligʻiga uni oʻrab turgan quyuq koʻndalang egri chiziqlar oʻtadi. Orqa qanotlari asosan monoxromatik boʻlib, tashqi chetida biroz koʻrinadigan to'qroq chiziqlar mavjud. Mo'ylovlari qayrilma boʻlib, uchli va ilgak shakli bilan ajralib turadi. Koʻzlari katta, yumaloq, yuqoridan bir nechta choʻzilgan tangachalar bilan qoplangan. Xartumi odatda juda uzun, tananing uzunligidan bir necha baravar ziyoddir[3].
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hisor tizmasining endemik kenja turilari[1]. U quyidagi mamlakatlar hududini oʻz ichiga oladi: Oʻzbekiston, Tojikiston janubi va Afgʻoniston)[3].
Oʻzbekistonda Omonqoʻton qishlogʻi yaqinida, Jinnidaryo, Saygʻus (Zarafshon tizmasi), Toʻpolondaryo, Sanggardak(Hisor tizmasi) daryolari vodiylarida yashaydi. Dengiz sathidan 1100-1600 metr balandlikdagi oʻrmonli va butazorli vodiylarda yashaydi[2].
Yashash tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yiliga bir marta toʻla va bir marta qisman nasl beradi. Birinchi uchishi va tuxum qoʻyishi – aprel–mayda (tunlari), ikkinchisi – avgust–sentyabrda. Qurtlari yovvoyi tokda (Vitis vinifera), ba’zan madaniy tokzorlarda (Ampelopsis vitifolia) iyun-iyul va sentyabr–noyabrda rivojlanadi[2][3].
Qurtlari juda yirik, besh juf oyoqlari boʻladi. Uning rangi yorqin, xuddi koʻz shaklidagi dogʻlari va egri yoʻl-yoʻl chiziqlari mavjud. Qurtning orqa tomoni och yashil, yon va qorin tomoni koʻk-yashil; yon tomonlar boʻylab och chiziq oʻtadi, yorqin egri yoʻl-yoʻl chiziqlar 3-10 segmentda joylashgan. Qurtlarning ozuqa oʻsimliklari: Vitis, Ampelopsis, Actinidia, Saurauia[2][3]. Ular yuqori nam joylarda tuproqning yuqori qatlamida gʻumbaklaydi. Gʻumbaklarning birinchi nasli qisman va ikkinchi nasli toʻliq qishlaydi[2].
Muhofaza etish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan (2009 y.) - 2-toifa - Zaif turlar (soni kamaygan, tabiiy ravishda kam uchraydi)[2].
Mamlakat hududida ularning soni hamma joyda kam - bu tur kichik bir necha topilmalardan ma’lum. Qurtlar (yovvoyi uzum, uzumzor)ning tabiiy yashash joylari va ozuqa oʻsimliklarining yoʻq qilinishi oqibatida kamayib bormoqda[2].
Maqomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2(VU:R): Janubi-sharqiy Paleartika turining zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Janubiy Turkiston kenja turi.
Cheklovchi omillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, ozuqa oʻsimligining yoʻq qilinishi.
Koʻpayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpaytirilmagan
Muhovaza choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitob qoʻriqxonasida muhofaza ostiga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Мирзоян С. А. Батиашвили И. Д. Редкие насекомые. — Москва: Лесная промышленность, 1982. — 165 с.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные / Азимов Ж. А., Умаров М. Н., Мирабдуллаев И. М. и др. — Ташкент : Chinor ENK, 2009. — 218 с.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Pittaway, A. R. The hawkmoths of the western Palaearctic. — L.: Harley Books in association with the Natural History Museum, 1993. — 240 p. — ISBN 9780946589210.