Hoshim Sattarov
Hoshim Sattarov | |
---|---|
Tavalludi |
1904-yil |
Vafoti |
4-oktyabr 1938-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Kasbi | Shifokor |
Faoliyat yillari | 1931—1938-yillar |
Hoshim Sattarov (1904-yil Namangan — 1938-yil Toshkent) — Ziyoli, shifokor. O‘zbek, maʼlumoti oliy. Toshkentda Tibbiyot institutini tashkil etilishida hissa qoʻshgan. Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash Xalq komissarligida kadrlar bo‘limi mudiri. O‘zbekiston SSR Xalq komissarlar raisi o‘rinbosari.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1904-yil Namangan shahrida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan.
Oilasi og‘ir sharoit tufayli 1914-yilda xususiy qand korxonasida qora ishchi bo‘lib ishlaydi. Bu 1916-yilgacha davom etgan. Otasi 1917-yilda o‘zining eski ishiga bog‘dorchilikka qaytadi. Hoshim Sattarov 1917-yildan 1919-yilgacha „Namuna“ nomli maktabda tahsil olgan. 1919-yildan 1922-yilgacha Oʻzbekiston pedagogika instituti huzuridagi kursda oʻqigan. 1922-yili Turkiston Kommunistik partiyasi homiyligida Moskvada Kalinin nomidagi ishchilar fakultetida tahsil olgan. 1925-yilda esa ishchilar fakultetini tamonlab, Moskva Davlat universiteti Tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirgan. 1920-yildan 1928-yilga qadar komsomol a‘zosi boʻlgan, partiyaga 1929-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan. 1930-yilda Moskvadagi tibbiyot institutini tamomlab, ichki kasalliklar bo‘yicha shifokor mutaxassisligiga ega bo‘lgan. Institutni tamomlagandan so‘ng Moskvada aspiranturada o‘qishni davom ettirgan. 1931-yil mayida O‘z K(b)P Markaziy komiteti qarori bilan ishlash uchun Toshkentga chaqirib olingan[1].
Oʻz K(b)B Markaziy komiteti qaroriga muvofiq Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni saqlash Xalq komissarligida kadrlar bo‘limi mudiri etib tayinlangan. Bu lavozimda 1931-yil mayidan 1932-yilgacha ishlagan. 1932-yildan 1934-yilga qadar O‘zbekiston SSR Xalq komissarlar raisining o‘rinbosari, keyinchalik Toshkent tibbiyot instituti direktori vazifalarida ishlagan. Sovetlarning V qurultoyida O‘zSSR Markaziy ijroiya komiteti a‘zosi etib saylangan. 1935-yilning 20-dekabriga kelib Oʻz SSR Markaziy Ijroiya komiteti va OʻzSSR Xalq komissarlari Soveti boshchiligida Toshkentda Tibbiyot instituti tashkil etiladi. Instututni tashkil etishdagi faol ishtiroki tufayli taqdirlangan. Partiya tozalovidan oʻtgan.
Oilasida 7 kishi: xotini, oʻgʻli, xotinining ikki singlisi va otasi. Yashash manzili Toshkent shahri, 1-may koʻchasi, 74-uy. SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 4-oktyabrdagi Toshkent yigʻilishida Sattarov Hoshim Ogʻaliqovich otishga hukm etilgan. VKP (b) siyosiy byurosi va shaxsan Stalin tomonidan maʼqullangan va kategoriyalarga ajratilgan qatagʻon qurbonlari roʻyxatiga kiritilgan[2]. Sud hukmi shu kuni ijro etilgan. Partiya XX syezdidan keyin reabilitatsiya qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 84-bet. ISBN 9789943004818.
- ↑ Naim Karimov. 1937—1938-yillarda „Katta qirg'in“ning fojiali oqibatlari. Toshkent 2015 — 155-bet.