Kontent qismiga oʻtish

Hulbuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hulbuk — Xuttalon viloyatining oʻrta asrlardagi markaziy shahri (6— 16-asrlar). Yunon-Baqtriya manbalarida Hulbissa, Xitoy manbalarida ("Tanshu") "Ko-lo-kyan" nomi bilan qayd etilgan. Qizilsuv daryosining soʻl sohili (Tojikiston)da joylashgan. Mir-zatepa oʻrnida boʻlgan degan taxminlar mavjud. 10-asrda H. gavjum shahar boʻlib, koʻplab rustoqlarga ega edi. H.da Xut-talon hokimi qarorgohi boʻlsada u Sagʻoniyon markazidan kichik edi. shahardagi turar joylar paxsadan qurilgan. Jome masjidi shahar oʻrtasida joylashgan. H.da 9—12-asrlarda kumush dirhamlar chiqaradigan zarbxona boʻlgan. 16-asrda Xuttalon Koʻlob deb atalgan, H. oʻrnida esa Qalʼai Zamm joylashgan.

LA.Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaznchnnm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.