Kontent qismiga oʻtish

Humo (xokkey klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HumoToshkent shahridagi O‘zbekiston xokkey klubi. U 2018-yilning oxirida tashkil etilgan. O‘zbekistonda baxt, tinchlik va mehr qushi hisoblangan afsonaviy Humo qushi nomi bilan atalgan.

Mazkur klub o‘yinlarini Toshkentdagi 12500 tomoshabinga mo‘ljallangan „Humo Arena“ muz arenasida o‘tkazadi.

2019-yilgi mavsumda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi qur’asida ishtirok etdi. Muntazam mavsum yakunlariga ko‘ra, u to‘rtta jamoa orasida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi va keyinchalik mavsum g‘olibiga aylangan "Semurg‘" klubiga imkoniyatni boy berdi.

2019-yil iyun oyi boshida „Humo“ xokkey klubining 2019/2020-yilgi mavsumdan OXLdagi ishtiroki eʼlon qilindi. Shu bilan birga, rossiyalik Evgeniy Popixin va latviyalik Normunds Seyyes mos ravishda bosh murabbiy va bosh menejer etib tayinlangani malum qilindi[1] .

KROCh (Qozogʻiston Respublikasi ochiq chempionati)da „Humo-2“ farm-klubi faoliyat ko‘rsatadi[2] .

2019-yil 30-iyul kuni Humo xokkeychilar uchun uy va mehmon liboslarini taqdim etdi[3] . Klubning brendingi Rossiyaning OTVETDESIGN  kompaniyasi tomonidan yaratilgan[4] .

Klub uchun birinchi xalqaro turnir 2019-yilda o‘tkazilgan Nijniy Novgorod viloyati gubernatori kubogi bo‘ldi. „Humo“ uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Minskning „Dinamo“ jamoasini mag‘lub etib, turnirning bronza medali sohibiga aylandi[5] .

„Humo“ jamoasining OXLdagi birinchi rasmiy o‘yini 2019-yil 11-sentabr kuni „Humo Arena“da bo‘lib o‘tgan „Ryazan“ xokkey klubiga qarshi o‘yin bo‘ldi. O‘yin 5:0 hisobida „Humo“ [6] foydasiga hal bo‘ldi.

Klub 2020/2021 yilgi mavsumni koronavirus tufayli o‘tkazib yubordi. 2021-yilning may oyida klub pandemiya sababli Oliy xokkey ligasida 2021/22 yilgi mavsumni ham qoldirib yuborishi maʼlum bo‘ldi[7] .

Xokkeychi Mamlakat Ushlash Tugʻilgan kunI Oʻsish Vazn
Darvozabonlar
61 Roman Golovanov Rossiya Rossiya Chap 28-may 1997-yil (1997-05-28) (27 yosh) 185 sm 74 kg
62 Roman Smiryagin Rossiya Rossiya Chap 19-aprel 1990-yil (1990-04-19) (34 yosh) 175 sm 82 kg
62 Dmitriy Lozebnikov Rossiya Rossiya Chap 15-yanvar 1998-yil (1998-01-15) (26 yosh) 190 sm 91 kg
Himoyachilar
7 Aleksey Pepelyayev Rossiya Rossiya Chap 16-iyun 1984-yil (1984-06-16) (40 yosh) 184 sm 93 kg
11 Igor Merejko Ukraina Ukraina Oʻng 30-aprel 1998-yil (1998-04-30) (26 yosh) 194 sm 100 kg
20 Nadir Islyamov Rossiya Rossiya Chap 4-dekabr 1997-yil (1997-12-04) (27 yosh) 189 sm 85 kg
40 Vsevolod Sorokin Rossiya Rossiya Chap 29-oktyabr 1993-yil (1993-10-29) (31 yosh) 185 sm 95 kg
44 Arseniy Yeroxin Rossiya Rossiya Chap 23-avgust 1994-yil (1994-08-23) (30 yosh) 182 sm 89 kg
65 Roman Tatalin Rossiya Rossiya Oʻng 19-noyabr 1992-yil (1992-11-19) (32 yosh) 180 sm 76 kg
68 Vladislav Naumov Rossiya Rossiya Chap 26-noyabr 1996-yil (1996-11-26) (28 yosh) 181 sm 85 kg
73 Sergey Ilin Rossiya Rossiya Chap 29-aprel 1994-yil (1994-04-29) (30 yosh) 193 sm 93 kg
88 Konstantin Gavrilenko Rossiya Rossiya Chap 31-oktyabr 2000-yil (2000-10-31) (24 yosh) 182 sm 80 kg
Hujumchilar
13 Artyom Voroshilo Rossiya Rossiya Chap 13-avgust 1988-yil (1988-08-13) (36 yosh) 183 sm 95 kg
15 Maksim Kazakov Rossiya Rossiya Oʻng 27-mart 1993-yil (1993-03-27) (31 yosh) 174 sm 83 kg
17 Artyom Voronin Rossiya Rossiya Chap 22-iyul 1991-yil (1991-07-22) (33 yosh) 186 sm 93 kg
19 Semyon Valuyskiy Rossiya Rossiya Oʻng 10-fevral 1991-yil (1991-02-10) (33 yosh) 178 sm 90 kg
21 Arslan Axmetyanov Rossiya Rossiya Chap 20-yanvar 1997-yil (1997-01-20) (27 yosh) 178 sm 77 kg
22 Pavel Sinyavskiy Rossiya Rossiya Chap 3-yanvar 1998-yil (1998-01-03) (26 yosh) 195 sm 102 kg
31 Andrey Smirnov Rossiya Rossiya Chap 14-yanvar 1998-yil (1998-01-14) (26 yosh) 180 sm 75 kg
32 Ivan Belyakov Rossiya Rossiya Chap 8-mart 1998-yil (1998-03-08) (26 yosh) 197 sm 93 kg
38 Yevgeniy Grigorenko Rossiya Rossiya Chap 11-avgust 1992-yil (1992-08-11) (32 yosh) 181 sm 84 kg
41 Pavel Sedov Rossiya Rossiya Chap 2-iyun 2000-yil (2000-06-02) (24 yosh) 177 sm 85 kg
42 Pavel Zdunov Rossiya Rossiya Chap 18-iyun 1991-yil (1991-06-18) (33 yosh) 180 sm 83 kg
48 Pavel Novojilov Rossiya Rossiya Chap 21-fevral 1996-yil (1996-02-21) (28 yosh) 185 sm 92 kg
50 Ivan Yatsenko Rossiya Rossiya Chap 21-iyun 1992-yil (1992-06-21) (32 yosh) 188 sm 88 kg
66 Javohir Rasulov Andoza:Bayroqikon/O‘zbekiston Oʻng 6-fevral 1999-yil (1999-02-06) (25 yosh) 172 sm 72 kg
77 Aleksandr Sherbina Rossiya Rossiya Chap 6-avgust 1988-yil (1988-08-06) (36 yosh) 180 sm 91 kg
78 Mixail Anisin Rossiya Rossiya Chap 1-mart 1988-yil (1988-03-01) (36 yosh) 164 sm 74 kg
84 Platon Popov Rossiya Rossiya Chap 21-avgust 1998-yil (1998-08-21) (26 yosh) 176 sm 73 kg
85 Denis Yerkin Rossiya Rossiya Chap 6-mart 1998-yil (1998-03-06) (26 yosh) 179 sm 81 kg
92 Anton Bogatskiy Rossiya Rossiya Oʻng 30-mart 1999-yil (1999-03-30) (25 yosh) 182 sm 79 kg
94 Viktor Ekk Rossiya Rossiya Chap 14-may 1997-yil (1997-05-14) (27 yosh) 178 sm 82 kg
  1. „Совещание по итогам сезона“. www.vhlru.ru — официальный сайт ВХЛ. Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.
  2. „"Хумо" вступит в чемпионат Казахстана вместо "Бинокора" и "Шердора"“. shaiba.kz. Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  3. „HUMO Toshkent xokkey klubi“ (ru). www.facebook.com. Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.
  4. „HUMO“. otvetdesign.ru. Qaraldi: 2019-yil 18-sentyabr.
  5. „"Хумо" - бронзовый призер Кубка Губернатора!“ (ru). Торпедо Нижний Новгород - официальный сайт хоккейного клуба. 2019-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.
  6. „Высшая хоккейная лига - Протокол игры“. www.vhlru.ru. Qaraldi: 2019-yil 26-sentyabr.
  7. „«Хумо» пропустит и следующий сезон ВХЛ“. championat.com (31 мая 2021).

Havolalar va manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]