Kontent qismiga oʻtish

Hunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hunnlardan yoʻnaltirildi)

Hunlar, hunnular, gunnlar, hunnlar (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq.

Mil. 1-asrda hunlar Markaziy Moʻgʻulistondan sharqqa siqib chiqarilgan. Mil. 155 —160 yillarda hunlarning katta qismi Uraloldi va Volga boʻyiga kelib mahalliy oʻgʻur qabilalari bilan yagona qabila ittifoqiga birlashgan va shundan eʼtiboran Gʻarb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. G.ning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostransev tomonidan olgʻa surilib, u yagona turkiyzabon xalq — hunlarning gʻarbiy tarmogʻini — Gunnlar., sharqiy tarmogʻini — hunlar deb atashni taqlif etgan. Bu fikrni koʻpchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, Leonid Kyzlasov, N. Ya. Merpert, Lev Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), Ye. Pritsak (Chexiya) va b. qoʻllab-quvvatlashgan.

H. bundan 4 ming yil muqaddam mavjud boʻlgan dilar tarkibiga kirgan. Xitoy manbalarida H. turli davrlarda 32 xil nomda (kvey, kuy, kuyfan, kuyrung, xunyi, hu, shyu-nyun, syunnu va boshqalar) keltirilgan. Baʼzan ular beydi (shim. turk) deb ham atalgan. Olimlar oʻrtasida H. etnonimi kun (quyosh) soʻzidan kelib chiqqan, degan fikr mavjud. Yaponiya olimlarining fikricha, "shyunnu" — "kun" soʻzining xitoycha transkripsiyasi boʻlib, u tangri farzandi, kunga (quyoshga) topingan odam, xalq kabi maʼnolarga ega boʻlgan. Ammo xitoylar shyunnu atamasini yozishda "dahshatli qul" maʼnosini anglatadigan 2 iyeroglifni qoʻllashgan. Xitoy manbalarida Hun xoqonligi ham Shyunnu deb nomlanadi. H. syalar (qad. xitoylar) ning shimolida-gi gʻarbiy qoʻshnilari boʻlib, miloddan avvalgi 2—1-ming yillikda hozirgi Xesi yoʻlagi, Ordos yaylovlarida yashaganlar. Miloddan avvalgi 3-asr oxirida H. Modexoqon boshchiligida dunxu, yuyechji, gyangun (qirgʻiz), usunlarni tor-mor qilib Xitoyga bostirib kirganlar va imperator Lyu Banni oʻlpon toʻlashga majbur qilganlar.

Xunlarning Oʻrta Osiyoga kʻochishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xingila, xun-alxonlarning Baqtriyada podshosi, 440-490 yillar
Xun-alxonlarni vakilining bosh chanogi, Samarqand, 600-chi yillar

Miloddan avvalgi 1-asrda H. orasida oʻzaro nizolar kelib chiqqan, natijada tobe ettirilgan barcha qabilalar ulardan ajrab chiqqan va Xuxanye tangriqut Xitoyga nomiga vassal boʻlib qolgan (miloddan avvalgi 51 yil). Milodiy 1-asr boshida Xi-toyning zaiflashuvi H.ga mustaqillikni qaytarib olish imkonini bergan, ammo 48 yil sakkizta hun urugʻlari qaytadan Xitoyga tobe boʻlib qolgan; Janubiy H. ulardan tarqalgan.

Shimoliy H. 87—93 yillarda xitoylar, syanbilar va dinlinlar ittifoqidan magʻlubiyatga uchraganlar, lekin 93 yildan keyin ham ularning bir qismi Moʻgʻuliston choʻllarida koʻchmanchilik qilib yurishgan. Shimoliy H.ning boshqa qismi Gʻarbga chekinib, mahalliy xalqlar bilan chatishib Yevropada gunnlar nomini olgan yangi xalqqa asos solgan. Shimoliy H.ning yana bir qismi Yuyeban (Yaypan) nomi bilan Yettisuv va Tarbagʻatayda oʻtroqlashgan. Ularning davlati 5-asr oxirida tele qabilalari tomonidan vayron etilgan. Oʻrta Osiyo H.ining qoldiqlari — chuyuye, chumi, chumugun va chubanlar 6-asrda Gʻarbiy turk xoqonligi turkiylariga tobe boʻlishgan. Chuyuye va chumilarning tarmogʻi — shato qabilasining tarixiy taqdiri alohida kechgan. Milodiy 3-asr boshida saflarini oʻz qabiladoshlari bilan toʻldirgan Janubiy H. 304 yil qoʻzgʻolon koʻtarib Lyu-xan imperiyasiga (304—318) asos solganlar; bu davlat Katta Chjao va Kichik Chjaoga par-chalanib ketgan. Kichik Chjao 329 yil Katta Chjaoni tobe etib, butun Shimoliy Xitoyni oʻziga boʻysundirgan, biroq yoshligida H. xoqoni tomonidan oʻgʻil qilib olingan xitoylik Jan Min hokimiyatni egallab olib, Kichik Chjao saltanatidagi barcha H.ni qat-liom etishga buyruqbergan. Faqat ordos va Nanshan togʻ yon bagʻirlarida (hozirgi Gansu viloyati) yashayotgan H. omon qolishgan. Ordoslik hun Xelyan Bobo Sya podsholigiga asos solgan (401—431), nanshanlik qabila sardori Men Sun — Bey Lyan xonligini tuzgan (397—439). Bu har ikki davlat tabgʻach (toba) xalqi tomonidan tugatilgan. H.ning qoldiqlari Turfonga chekinib, u yerda 460 yilgacha, yaʼni jujanlar tomonidan tor-mor etilmagunlarigacha yashaganlar.

H. Ayrimlari yevropeoid irqqa mansub boʻlib, tarixchilar orasida H.ning tili turkiy tili guruhiga kiradi degan fikr ham mavjud. H. teriga xat yozib kitob qilishgan. H.ning urf-odatlariga koʻra, bir urugʻ doirasida qiz olish va qiz berish qatʼiyan man etilgan. Uzatilgan qiz kelin qilgan urugʻning aʼzosi hisoblanishi bilan birga, u merosxoʻrlik huquqiga ham ega boʻlgan. Shuning uchun mabodo kelin beva qolsa, u qaynota va qaynona urugʻi doirasidan chiqib, boshqa uruqqa kelin boʻla olmagan. Meros boʻlib qolgan mulkni urugʻ doirasida saqlab qolish maqsadida bunday bevalar marhum erning aka-ukalariga xotin boʻlishi odatga kirgan. Odatda ular oʻzaro va oʻzgalar bilan boʻlgan kelishuvlarni ogʻzaki bitim qilishgan va berilgan vaʼdaga xiyonat qilishmagan.

4-asrning 70-yillarida G.ning gʻarbga tomon ommaviy suratda siljishi boshlangan. G. alanlarni tobe etib, Balombir boshchiligida Don daryosidan oʻtganlar va Ermanarix davlatini agdarib (375) ostgotlarning katta qismini boʻysundirishgan hamda 376 yilda vestgopiarim Frakiyaga chekinishga majbur qilishgan (qarang Xalqlarning buyuk koʻchishi). UP y. G. bevosita Rim imperiyasi bilan yuzma-yuz kelishgan. Kuchli otliq qoʻshinga ega boʻlgan koʻchmanchi G.ning shiddat bilan olgʻa yurishlari zamondoshlarida ulkan taassurot krldirgan. Bu yurishlar tafsiloti Ammian Marsellin (4-a) va Iordan (6-asr) asarlarida ancha batafsil yoritilgan. Ularning xabar berishlaricha, G.ning hayoti ovchilik bilan oʻtgan, ular imoratlar qurishmagan, oʻqlarini paykoni uchun temir oʻrniga suyakdan foydalanishgan, qabila boshliqlari (yoʻlboshchilar)ning merosiy hokimiyatidan bexabar boʻlishgan. Aftidan koʻproq bu hol hunlar atrofiga uyushgan oʻgʻurlarga tegishli boʻlgan; G. ga tobe hududlardan topilgan 2 — 5-asrlarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari G.da qadimdan oʻziga xos madaniyat mavjud ekanligidan darak beradi. Ov qiladigan yerlar va yaylovlarga boʻlgan ehtiyoj G.ning Yevropaga bostirib kirishlarining asosiy sababi edi. Gʻarbiy Rim imperiyasi G.dan germanlar va xalq harakatlariga qarshi kurashda ittifoqchi sifatida foydalandi (G.ni Pollensiya yaqinida 402 yilda Alarixni, 406 y. Etruriyada Radagaysni, 434 y. burgundlarni tor-mor etishda ishtirok etishlari va b.). 395 — 397 yillarda G. Suriya, Kappadokiya va Mesopotamiyani talon-toroj etishgan, 408 y. Frakiyaga, 415 y. Illiriyaga bostirib kirishgan. 420 y.ga kelib Pannoniyada oʻrnashib olganlar. Podsho Rugila (vafoti 434 y.)ning jiyani Attila davri gunn qabilalar ittifoqining hududiy jihatdan eng kengaygan va harbiy qudrati eng yuksalgan payti boʻlgan. 445 y. Attila taxtdoshi va amakivachchasi Bledani qatl etib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan; 448 y.ga kelib sharqiy viloyatlarda akatsirlar (M. I. Artamonov ularni G.ning bir qismi deb hisoblaydi)ning separatik harakatlari barham topgan. G.ning asosiy yer-mulklari va podshoning qarorgohi Pannoniyada joylashgan.

G. 447 y. Attila yoʻlboshchiligida Sharqiy Rim imperiyasiga yurish qilib, Konstantinopol ostonalarigacha yetib borganlar. Vizantiya elchisi Prisk Attila bilan sulh bitimi tuzish haqida kelishib olgan, unga koʻra ilgaridan Vizantiya toʻlab kelayotgan tovon miqdori oshirilgan. 451 y. Attila oʻziga tobe boʻlgan barcha qabilalarni toʻplab Galliyatya bostirib kirgan, yoʻlida duch kelgan Mes, Strasburg, Vorms, Mayns va b. shaharlarni esa vayron qilgan. G. Orleanni qamal qilishgan, 451 y. 15-iyunda Katalaun jangiyaa ular Gʻarbiy Rim imperiyasi va uning ittifoqchilaridan tashkil topgan qoʻshin bilan toʻqnashgan; 452 y. Italiyaga bostirib kirgan G. Akvileya va Milanni talon-toroj etishgan. Rimni qamal qilishganda Rim papasi Lev (Leon) I Attila oldida tiz choʻkib, katta tovon evaziga sulh tuzilishiga erishgan. Shunday qilib Yoyiq (Ural) daryosidan Reyn daryosigacha choʻzilgan ulkan hudud G. saltanati qoʻl ostiga kirgan.

Attila davrida G.dagi ijtimoiy tuzum ularning Uraloldida yashagan ajdodlarining tuzumidan koʻp jihatdan farq qilgan. Mulkiy tabaqalanish kuchaygan.

Priskning maʼlumotiga koʻra, Attilaning qarorgohi yogʻochdan yasalgan ulkan saroydan iborat boʻlgan, G.da patriarxal qulchilik keng tarqalgan.

Yoʻlboshchilar hokimiyati endilikda merosiy boʻlgan. Biroq G. Yevropa sharoitida ham koʻchmanchi hayot tarzini oʻzgartirmaganlar. Ularning ijtimoiy-jamoa tuzumi harbiy demokratiya bosqichida boʻlgan. Tobe etilgan qabilalar G.ga soliq toʻlab, ularning harbiy yurishlarida ishtirok etishardi.

Qadimdan 1. yagona osmon ruhi — i angriga sajda qilib, tangrichilik diniga eʼtiqod qilishgan. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, xristian dinining juda koʻp ramzlari (mas, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroqlari va b.) mil. 4-asrda G. bilan kelgan. G. bolani beshikka belaganlar, ot gqiladshtini yeb, sutini ichganlar. Attilaning vafotidan soʻng (453) oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun boshlangan oʻzaro nizo G.ga tobe boʻlgan va gunn qabilalar ittifoqiga kiruvchi gepidlar va b. qad. german qabilalarining qoʻzgʻolon koʻtarishlariga sabab boʻlgan. Nedao daryosi boʻyida (Pannoniyada) G. yengilgan, qabilalar ittifoqi tarqab ketgan. G. Qora dengiz buylariga chekingan, lekin bu yerdagi ugʻur qabilalari ularni tinch qoʻymagach, yana gʻarbga tomon yoʻl olganlar. 469 y. Frakiya hududiga kirganlarida, Vizantiya tomonidan toʻxtatilganlar.

G.ning Gʻarbiy Yevropaga qilgan yurishlari Gʻarbiy Rim imperiyasining tanazzulga uchrashiga, eski ijtimoiy tuzum — quldorlik tuzumining oʻrniga yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga turtki boʻlgan.

G. nomi garchi baʼzan oʻrta asr mualliflari tomonidan koʻpgina koʻchmanchi qabilalarni majoziy maʼnoda atash uchun qoʻllangan boʻlsada, G. xalq sifatida barham topgan. G.ning qolgan-qutganlari Volga bulgʻorlari tazyiqi ostida shim.ga siljib chuvash xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. G.ning maxsus tarmogʻini aftidan Dogʻiston G.i (avarlar) tashkil etgan. 5-asrda ular dastlab, sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan armanlarni qoʻllab-quvvatlashgan, keyinchalik esa Kavkaz Albaniyasilagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun sosoniylarga yollanganlar. Darbandning shim.da, markazi Varachan sh. boʻlgan kichik podshoxlik (7-asrda xazarlarga vassal boʻlgan) G. bilan bogʻliq boʻlgan deb taxmin etish mumkin.

Yevropa xalqlari adabiyoti, sanʼati (rassomlik, haykaltaroshlik, teatr) da G. bilan, xususan, Attila bilan bogʻliq juda koʻplab asarlar yaratilgan.[1][2]

Diniy qarashlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻlikni sarqofagga solib tepalikka dafn etishgan. Qasddan odam oʻldirganlarga oʻlim jazosi berishgan, mayda oʻgʻirlik qilganlarni qoʻlini kesishgan, katta oʻgʻirlik qilganlarni oʻlimga mahkum etishgan. Qamoqjazosi 10 kundan ort-magan. H. tangrichilikkya eʼtiqod qilganlar, Tangrini xudo deb bilganlar. Vaʼdaga vafo qilishmaganlar Tang-rining qahriga uchraydi deb bilishgan. Tangrining neʼmati sifatida quyosh va oyga sajda qilganlar. H. qoʻshiq aytish va oʻyinga tushishni yaxshi koʻrishgan. Cholgʻu asboblari ichida nay, surnay, qubus, pipa (gi-taraga oʻxshagan), chang kabilar boʻlgan. Rassomchilik va haykaltaroshlik sanʼati ham H.da yaxshi rivojlangan. Nefrit, oltin, temir va misdan hayvonlarning haykallarini hamda turli idish-tovoqlar yasash sanʼati keng rivojlangan. Egar-jabduq yasash va ularga naqsh berish sanʼati yuksak darajada boʻlgan. Poʻlatdan yasalgan qilich va xanjarlar Xitoyga eltib sotilgan. H. hayotida chorvachilik bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik va savdogarlik muhim oʻrin egallaydi. Hunarmandchilik sohasida temirchilik, misgarlik, zargarlik, koʻnchilik, kulolchilik, duradgorlik, toʻqimachilik, ayniqsa, gilam toʻqish umumiy ishlab chiqarishning muhim yoʻnalishlari boʻlgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Xitoyga ham olib ketilgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Hunlar“ OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Gumilev L.N., Xunnu, M., 1960;
  • Rudenko S.I., Kultura xunnov i noinulinskiye kurgann, M.-L., 1962.
  • Malikov A.M. Xunnlar // "Sog'lom avlod uchun" jurnali. 1997. № 3-4, 18-23-betlar
  • Abdulahad Xoʻjayev.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Inostransev K. A., Xunnu i gunni, L., 1926; Gumilyov L. N., Xunnu. Sredinnaya Aziya v dr. vremena, M., 1960; Iordan, O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960.